TRENDING: Ismoil az Zohir | Latest Update
| Ismoil az-Zohir | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Toledo taifasining 1-amiri | |||||
| Saltanat | 1032 – 1043 | ||||
| Oʻtmishdoshi | Hishom III (Kordova xalifasi sifatida) | ||||
| Davomchisi | Yahyo al-Maʼmun | ||||
| |||||
| Sulola | Dilnuniylar (asoschisi) | ||||
| Otasi | Abdurahmon ibn Di-l Nun | ||||
| Dini | Islom | ||||
Ismoil b. Abdurahmon b. Di-l-Nun (Toledoda 1043-yilda vafot etgan; Ismaíl al-Zafir, Ismaíl az-Záfir yoki shunchaki “Al-Zafir” (gʻolib) nomlari bilan ham tanilgan) — Dilnuniylar sulolasidan chiqqan Toledo taifasining birinchi hukmdori. 1032-yildan 1043-yilda vafotigacha hukmronlik qildi va undan keyin o‘g‘li Al-Maʼmun taxtga o‘tirdi[1][2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ismoil az-Zafir Santaver, Uete, Uclés va Kuenca hokimi Abdurahmon ibn Di-l-Nunning o‘g‘li edi. 1018-yilda, balog‘atga yetgach, otasi Uclés boshqaruvini o'z nomidan o'g'liga topshirdi va keyinroq hukmdorlaridan norozi bo‘lgan shahar aholisi iltimosiga ko‘ra uni Toledoga yubordi[3]. Bu yerda az-Zafir 1032-yilda yangi taifani mustahkamladi. Singlisi Saragosa taifasi hukmdori Yahyo al-Muzaffarga turmushga chiqdi va ularning farzandi Mundir II edi.
Al-Zafirning mashg‘ulotlaridan biri she’riyat bo‘lib, bir nechta she’rlar yozgan[2]. Ilm-fan va san’atning[4], xususan adabiyotning homiysi edi; bu qiziqishlarni keyinchalik uning o‘g‘li Al-Maʼmun ham davom ettirdi[1].
U 1043-yilda vafot etgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Sayed, Zeinab Shawky. "Ṭulayṭula: Capital de la cultura árabe medieval". Un Mundo, Muchas Miradas (Universidad del País Vasco) (2). ISSN 1889-2663. http://www.ehu.es/ojs/index.php/Mundo/article/download/1588/1260.
- ↑ 2,0 2,1 Tormo Martín de Vidales, Pilar (1997–1998). "El Islam y Toledo". Tulaytula: Revista de la Asociación de Amigos del Toledo Islámico (1–2): 25–31. ISSN 1575-653X. http://dialnet.unirioja.es/descarga/articulo/2478750.pdf.
- ↑ Brian A. Catlos. Kingdoms of Faith: A New History of Islamic Spain. Oxford University Press, 2018 — 111-bet. ISBN 978-1-78738-003-5. Qaraldi: 2021-yil 7-aprel.
- ↑ Aguado Villalba, José. La cerámica hispanomusulmana de Toledo, Artes y artistas. Editorial CSIC - CSIC Press, 1983 — 88-bet. ISBN 8400055268.
- ↑ „Isma'il b. Di-l-Nun“. dbe.rah.es. Real Academia de la Historia. Qaraldi: 2021-yil 7-aprel.
| Oldingisi | Toledo qiroli 1032–1043 |
Keyingisi |