SHOCKING: Hu Bo - What You Need To Know
| Hu Bo | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
20-iyul 1988-yil |
| Vafoti |
12-oktyabr 2017-yil (29 yoshda) Pekin, Xitoy |
| Fuqaroligi |
|
| Taʼlimi | Pekin kino akademiyasi |
| Kasbi | kinorejissyor, yozuvchi |
| Faoliyat yillari | 2014–2017 |
Hu Bo (xitoycha: 胡波, 1988-yil 20-iyul – 2017-yil 12-oktyabr) — xitoylik yozuvchi, ssenariychi va rejissyor. Adabiyotda Hu Qian (xitoycha: 胡遷) taxallusi ostida ijod qilgan. Hu Bo oʻzining yagona badiiy filmi „An Elephant Sitting Still“ (2018) orqali mashhurlikka erishgan boʻlib, filmni suratga olish ishlarining tugatgandan soʻng oʻz joniga qasd qilgan[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hu Bo 1988-yil 20-iyulda Shandun provinsiyasining Szinan shahrida tugʻilgan, 2014-yilda Pekin kino akademiyasini tamomlagan. Oʻsha yili rejissyor oʻzining birinchi qisqa metrajli filmi „Distant Father“ bilan Xitoyning IV „Oltin Koala“ kinofestivalida „Eng yaxshi rejissyor“ mukofotiga sazovor boʻlgan.
2016-yil iyul oyida Hu Bo oʻzining „Huge Crack“ romani asosida „An Elephant Sitting Still“ badiiy filmini suratga olishni boshladi. Filmning birinchi versiyasini qisqartirishni soʻrashganidan soʻng (film ikki yarim soat davom etgan), rejissyor filmning toʻrt soatlik yangi versiyasini yaratadi va filmni tugatgandan soʻng, 29 yoshida oʻz joniga qasd qilgan[2]. Xabarlarga koʻra, oʻz joniga qasd qilishiga prodyuser bilan orasidagi mojaro sabab boʻlgan[3].
Romanlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Huge Crack (大裂) (2017)
- Bullfrog (牛蛙) (2017)
- Farewell to the Faraway (远处的拉莫) (2018)
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „To Cordoba“ (short, 2011)
- „Milk Stealer“ (short, 2012)
- „Distant Father“ (short, 2014)
- „Night Runner“ (short, 2014)
- „Man in the Well“ (short, 2017)
- An Elephant Sitting Still (2018)
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2014-yil – IV „Oltin Koala“ kinofestivali: Eng yaxshi rejissyor (Distant Father)[4]
- 2018-yil – 55-Golden Horse Awards: Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy (An Elephant Sitting Still)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Director Hu Bo's first and last film, An Elephant Sitting Still, captures critics' attention at Berlinale“. 2019-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-mart.
- ↑ „«Человек в колодце», «Слон сидит спокойно» на фестивале «Современное кино Китая» в Третьяковской галерее“. 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-mart.
- ↑ „Chinese filmmakers help next-gen features get Berlin Film Festival premieres“. 2019-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-mart.
- ↑ „AN ELEPHANT SITTING STILL“. GAIFF (2018-yil 14-iyul). 2019-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.