TRENDING: Hoji Majid afandi masjidi - Full Coverage
| Masjid | |
Hoji Majid afandi masjidi
| |
| Mamlakat | |
| Joylashuvi | Ismoyilli tumani, Diyalli qishlogʻi |
| Binokorlik sanasi | 1866-yil |
Hoji Majid afandi masjidi –1866-yilda Ozarbayjonning Ismoyilli tumani Diyallı qishlogʻida bunyod etilgan masjid[1].
Masjid 2001-yil 2-avgust kunidagi Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hoji Majid afandi masjidi XIX asr oxirida Hoji Majid afandi tomonidan Diyalli qishlogʻida qurilgan[2]. Hoji Majid afandi 1829-yilda Diyallıda tugʻilgan. U Istanbul, Bagʻdod va Tiranada diniy taʼlim olgan. Vataniga qaytgach, Shamaxi Juma masjidining bosh imomi, Shamaxi tumani qozisi va Boku viloyati musulmonlar majlisi raisi sifatida xizmat qilgan[3][4].
Ozarbayjon sovet ittifoqi tomonidan bosib olinganidan soʻng 1928-yilda mamlakatda dinlarga qarshi rasmiy kurash boshlandi[5]. Oʻsha yilning dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni maʼrifiy va madaniy maqsadlarda foydalanish uchun klublar tasarrufiga oʻtkazdi[6]. 1917-yilda Ozarbayjonda qariyb 3 000 ta masjid mavjud boʻlgan boʻlsa, bu raqam 1927-yilda 1 700 ta, 1928-yilda 1 369 ta, 1933-yilga kelib esa atigi 17 tani tashkil qilgan[6][7]. Hoji Majid afandi masjidi ham shu davrda oʻzining diniy faoliyatini toʻxtatgan.
Mustaqillikdan keyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, masjid 2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-son qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi[8].
Keyingi yillarda koʻchki hodisalari va taʼmirlash ishlari olib borilmaganligi tufayli masjid yaroqsiz holatga kelib qolgan[2].
Rasmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Nuri paşanın atası Hacı Əhməd paşanın dostu - Mövlanə Hacı Məcid Əfəndi Əfəndizadə“ (Azerbaijani). Turkicmedia.com.
- ↑ 2,0 2,1 Xəlilli, Yusifova 2018, s. 28.
- ↑ Nəbi, Ceyhun „Nuri paşanın atası Hacı Əhməd paşanın dostu - Mövlanə Hacı Məcid Əfəndi Əfəndizadə“ (az). Turkicmedia.com (2023-yil 15-sentyabr). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 11-aprel.
- ↑ Hacıxanoğlu, İltifat „Güllələnmiş nəslin tarixçəsi… Hacı Məcid Əfəndi“. Mədəniyyət qəzeti (2012-yil 17-aprel). 2024-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 11-aprel.
- ↑ Yunusov, Arif. Azərbaycanda İslam (az). Baku: Zaman, 2004 — 140-bet. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
- ↑ 6,0 6,1 Yunusov, Arif. Azərbaycanda İslam (az). Baku: Zaman, 2004 — 141-bet. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
- ↑ Ələsgərova, Nəsrin „Ислам в Азербайджане: история и современность | Heinrich Böll Stiftung | Tbilisi – South Caucasus Region“ (ru). ge.boell.org (2005-yil 15-yanvar). 2019-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Azərbaycan Respublikası Nazirlər Kabinetinin 2001-ci il 2 avqust Tarixli 132 nömrəli qərarı ilə təsdiq edilmişdir“ (az). mct.gov.az (2001-yil 2-avgust). 2021-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Hoji Majid afandi masjidi“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Xəlilli, Fariz; Yusifova, Təranə. Mövlanə Hacı Məcid Əfəndi (az). Boku: Elm və Təhsil nəşriyyatı, 2018 — 48-bet.
- Niyazlı, Babaxan. Mövlanə Hacı Məcid Əfəndi (az). Boku: Nurlar nəşriyyatı, 2014 — 336-bet.