REVEALED: Haydarobod sultonligi | Tech Insider
Haydarobod sultonligi - Hindistondagi sultonlik (1724—1950). Unga telugu, maratha, kannara va boshqa xalqlar yashaydigan hududlar kirgan. Boburiylar davlati tanazzulga uchrab, mayda sultonlik, knyazlik va boshqalarga boʻlinib ketgach, vujudga kelgan. 1724-yil Boburiylarning Bijopur va Golkondadagi nizomulmulk unvoniga ega boʻlgan noibi Asaf Jah oʻzini mustaqil hukmdor deb eʼlon etgan va Haydarobod sultonligiga asos solgan. Sultonlikning keyingi hukmdorlari ham nizomulmulk deb atatgan. Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi 1798-yil Haydarobod sultonligini teng huquqli boʻlmagan shartnoma tuzishga majbur etgan. Natijada sultonlik oʻzini himoya qilish, mustaqil diplomatik aloqalar olib borish huquqidan mahrum boʻlgan. Sultonlikka ingliz rezidenti tayinlangan. 1947-yil Hindistonda mustaqillik eʼlon qilingach, nizomulmulk Haydarobod sultonligining Hindiston Ittifoqiga qoʻshilishiga qarshilik koʻrsatgan, ammo sultonlik aholisining tazyiqi ostida (Telingana qoʻzgʻoloni) ittifoqqa qoʻshilish toʻgʻrisidagi shartnomaga imzo chekkan. 1950-yilda Haydarobod sultonligi shtatga aylantirilgan. Nizomulmulk hokimiyati cheklangan; ammo u rajpramukh (ijroiya hokimiyat boshligʻi) sifatida shtatni boshqargan. 1956-yilgi maʼmuriy islohotdan soʻng Haydarobod shtati tugatilib, uning hududi Andhra Pradesh, Maysur va Bombey (1960-yildan Gujarot va Maharashtra shtatlariga boʻlingan) shtatlariga qoʻshilgan. Nizomulmulk qoʻlida faqat unga tegishli koʻchmas mol-mulk, xazina qolgan; unga nafaqa tayinlangan[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Haydarobod sultonligi“,
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 11-jild (Qizilqumit — Hoʻrmuz). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2005 — 608-bet.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |