JUST IN: Haydarali Nuraliyev - The Verge Report
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
- Vikipediyada ismi Haydarali va familiyasi Nuraliyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Haydarali Nuraliyev (1944.10.12, Toshkent) — naqqosh, Oʻzbekiston xalq ustasi (1998). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1969). 1969—1978 yillarda Toshkentdagi "Suvenir" fabrikasida naqqosh, bosh usta lavozimida ishladi. 1978-yildan "Us to" birlashmasida naqqosh usta. Koʻp yillar davomida ustozi Hakim Jalolov guruhi bilan Oʻzbekistonning koʻplab madaniy, maʼmuriy binolari shift va devorlariga kurkam bezaklar ishlashda mahorat koʻrsatdi. Ayniqsa, "islomiy" naqshlar ishlashda yutuklarga erishdi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oliy Majlis binosi interyerlari va boshqaga ishlagan naqshlari naqqoshlik sanʼati namunalari hisoblanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |