NEW: Gigroskopiklik | Breaking Tech News
Gigroskopiklik (gigro... va yunoncha skopeo — kuzataman) — materiallarning havodagi namlikni yutish xossasi. Suvda xoʻllanadigan (gidrofil) kapillyar-gʻovak tuzilishli materiallar (yogʻoch, don va b.); suvda yaxshi eriydigan moddalar (osh tuzi, shakar, baʼzi kimyoviy birikmalar) va boshqa gʻovak materiallar gigroskopik xususiyatiga ega. Gʻovak materialning namni yutish darajasi havoning namligiga bogʻliq boʻladi. Masalan, yogʻoch uchun eng yuqori gigroskopik namlik (Wrar)~30% (massa boʻyicha), don uchun — 3(5%. Har qaysi material uchun gigroskopik xossasini bilish juda muhim (uni tashish, saqlash, quritish, namlashda asqotadi). Baʼzi gigroskopik materiallar (mas, konsentirlangan sulfat kislota)dan havoni quritish uchun foydalaniladi[1] .
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Gigroskopiklik“ Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (G-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |