SHOCKING: Gernsi - The Verge Report
Gernsi (Sarniya; inglizcha: Bailiwick of Guernsey, fransuzcha: Bailliage de Guernesey, normandcha: Bailliage dé Guernési) — Buyuk Britaniyaning qirollik yeri (beylivik), ammo Britaniyaning qismi emas. U La-Mansh sohilidagi xuddi shu nomdagi orolni (normand orollaridan biri), shuningdek, boshqa bir qator kichik orollarni o‘z ichiga oladi.
Boshqaruv shakli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat rahbari — Britaniya monarxi. Hukumat rahbari beylif hisoblanadi va monarx tomonidan tayinlanadi. Monarx gubernatorni ham tayinlanaydi.
Britaniya taxtining mulki, ammo Buyuk Britaniyaning tarkibiy qismi emas. Gernsi tarkibiga Olderni, Sark, Herm, Jetu, Breku, lihu, Burhu, Kaskets, Ortak, Krevishon, Ume va koʻplab boshqa orollar kiradi. U YeIga aʼzo boʻlmasa-da, Ammo YeI bojxona hududining bir qismidir.
Qonunchilik hokimiyatini bir palatali Tabaqalar Assambleyasi amalga oshiradi. U 45 nafar deputatdan tarkib topadi. Siyosiy partiyalari yoʻq, shu sababli barcha deputatlar mustaqildir.
Boʻlinishi va aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gernsi 11 ta maʼmuriy birlik va 2 ta oroldan iborat. Ingliz, fransuz tili va gernsi dialektida soʻzlashiladi.
Joylashuvi va tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]La-Mansh boʻgʻozidagi Normand orollarida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]933-yili Normand gertsogligi bir qismiga aylandi. 1066-yili Angliya qiroli Vilgelm I Normandiya gertsogi boʻldi. Shundan buyon Britaniya uni oʻz taʼsirida saqlab keladi.
1337—1453-yillarda Angliya va Fransiya oʻrtasidagi Yuz yillik urush davrida orollar koʻp bora har ikki tomon hujumlariga duchor boʻldi. Angliya uchun strategik muhim joyda ekani bois orol aholisiga qator imtiyozlar taqdim etdi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bogʻdorchilik, gulchilik, uzumchilik, kartoshka, tomat, gulkaram yetishtirish, baliqchilik yaxshi rivojlangan. Qoramol va qoʻychilik bilan shugʻullaniladi. “Soliqlar jannati” maqomi orol aholisiga sezilarli daromad keltirmoqda. 1960-yillardan buyon orolda koʻplab ofshor kompaniyalar roʻyxatdan oʻtkaziladi va sayyohlik rivojlangan.
Eʼtiborga molik maʼlumotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1993-yili orolning harbiy-tarixiy ahamiyatini himoya qilish boʻyicha maxsus dastur ishga tushirildi. Gernsi qirgʻogʻida qadimiy qalʼalar, qasrlar, himoya qirgʻoqlari, kuzatuv minoralarini uchratish mumkin. Joʻgʻrofiy muhim joylashuvga ega orol boy harbiy qahramonlik oʻtmishiga ega
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Laziz Rahmatov. «Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha». Toshkent, 2019-yil