NEW: G%CA%BBulomjon Ro%CA%BBziboyev - What You Need To Know
| Gʻulomjon Roʻziboyev | |
|---|---|
| Tavalludi |
1917-yil |
| Vafoti | 1999-yil |
| Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
| Mukofotlari |
|
Gʻulomjon Roʻziboyev (1917—1999-yil) – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, sozanda va bastakor[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻulomjon Roʻziboyev Andijon viloyati Asaka tumanida hunarmand oilasida tavallud topgan. Asaka tumanida havaskor xalq teatri asoschilaridan. Gʻulomjon Roʻziboyev kichik sahna asarlarini yaratib havaskorlar bilan birga turli roʻllarni ijro etgan. 1972-yil Toshkent telvideniyasi orqali namoyish etilgan „Marhabo talantlar“ koʻrsatuvida Andijonlik soʻz ustalari va sanʼatkorlar bilan poezda joʻnab boʻrishadi. Hasanboy Sultonov bilan birga turli askiyalar aytishar va yangidan-yangi askiya payrovlar tugʻulardi. Tabassum ustaxonasi radiojurnaliga mos kelgan musiqa tanlovi oʻtkaziladi. Bu tanlovda Gʻulomjon Roʻziboyevning Feruza nomli kuyi hakamlar hayʼati tomonidan bir ovozda qoʻllanadi. Gʻulomjon Roʻziboyevning kuy- qoʻshiqlari 100 dam ortiq askiyalari Respublikasi teleradiokompaniyasining Oltin fondidan saqlanib keladi. Gʻulomjon Roʻziboyev Omon Matjon sheʼrlariga juda koʻplab kuy bastalagan. Sen ketursan Jim-Jim sheʼrlari hamkorlikda yaratilgan. Bu qoʻshiqlar Oʻzbekistontan teleradiokanalida efirga uzatila boshlaydi koʻplab taklif va istaklarga koʻra muxlislar tomonidan takror takror soʻraladi[1].Gʻulomjon Roʻziboyev Shuhrat medali va Oʻzbekistonda hizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.[2] 18-asrdan boshlab tarqalgan askiya sanʼati hozirgi kunda ommalashib bormoqda. Gʻoyib ota Toshmatov, Joʻraxon Sultanov, Gʻanijon Toshmatov, Gʻulomjon Roʻziboyev, Abdulhay Qozoqov Askiya sanʼatining mohirona ustalari edi[3].
Qoʻshiqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Onadir bu“, „Taralmoqda soz“, „Gul va men“, „Sanʼat saodatim“, „Andijonim“, „Yoshligim“, „Ustozlar“[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Maxmudov, Avazbek. Andijon sanʼati fidoiylari, Toʻldirilgan 2-nashr, Toshkent: Akademnashr, 2018 — 32-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 1-iyun 2023-yil.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Mahmudov, Avazbek. Andijon san'ati fidoiylari, To'ldirilgan 2-nashr, Akademnashr, 2018 — 32-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 2-iyun 2023-yil.
- ↑ „Nozikfahm zakiylar bahsi tugamaydi, Amir Temur ham payrovga usta boʻlgan, Margʻilonda askiya maktabi ochiladi – yiqilib qolguncha kuldirish sanʼati“ (Oʻzbekcha). https://www.oyina.uz/uz/article/1506. Oyna.uz (2023-yil 31-mart). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2023-yil.
- ↑ „PAYROV“. https://uzsmart.uz/encyclopedia/encyclopedia/55212.html. Qaraldi: 6-iyun 2023-yil.
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |