JUST IN: Franz Liszt | Breaking Tech News

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Franz Liszt
Liszt 1843-yilda
Liszt 1843-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 22-oktyabr 1811-yil
Doborján, Vengriya qirolligi
Vafoti 31-iyul 1886-yil(1886-07-31)
(74 yoshda)
Bayreuth, Germaniya
Janrlar Simfoniya, Klassik musiqa, Hungarian folk music[1] va symphonic poem
Fuqaroligi Vengriya Qirolligi, Avstriya imperiyasi va Avstriya-Vengriya imperiyasi
Turmush oʻrtogʻi
Imzosi
Fayl:Lisztʼs signature (transparent).png

Franz Liszt (22-oktyabr 1811 – 31-iyul 1886), Vengriyalik bastakor, pianinochi, dirijyor, pedagog va musiqa jamoat arbobi. Budapesht Musiqa akademiyasining asoschisi (1875-yildan prezidenti). 6 yoshidan otasidan pianino chalishni oʻrganib, 9 yoshidan konsert bera boshlagan. Virtuoz pianinochi sifatida 1847-yilgacha jadal konsert faoliyati bilan shugʻullanib, butun Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Fortepiano ijrochiligining buyuk islohotchisi Liszt oʻzining artistik joʻshqinligi, tabiiy kuch va betakror mahorati bilan tinglovchilarni rom qilgan. 1847—61-yillarda Veymar saroyi kapelmeysteri boʻlib, koʻproq kompozitorlik ijodi bilan shugʻullangan. Lizst ijodida romantizm gʻoyalari aks etgan. Teran musiqiy obrazlarni muayyan adabiyot, tasviriy va hatto haykaltaroshlik sanʼati mavzulari bilan oʻzaro uzviy bogʻliqligi, asar mazmunini falsafiy umumlashtirish Lizst ijodiga xosdir. U bir qismli dasturli simfonik poema janrini hamda monotematizm (butun asar davomida bitta, rivojlanish jarayonida tobora oʻzgarib boruvchi kuyga asoslanish) prinsipini kashf etib, mavzuli-dasturli chol-gʻu musiqasi asoslarini yaratgan. Jami 1200 ga yaqin asar muallifi. Ulardan „Faust – simfoniya“ (Gyote asari asosida, 1857), "Dantening „Ilohiy komediya“siga simfoniya" (1857), „Tasso“ (1854), „Prelyudlar“ (1854), „Mazepa“ (1851), „Prometey“ (1855) kabi simfonik poemalari, 2 ta fortepiano konserti (1849-56, 1839-61), 3 toʻplamdan iborat „Ziyorat yillari“ nomli fortepiano asarlari, romanslari, venger xalq ohanglari (verbunkosh uslubi, chardash raqsi usullari) zaminida yaratilgan 19 ta ven-gercha rapsodiyasi (1847-85), „Vengriya“ (1854) simfonik poemasi, fortepiano uchun „Venger tarixiy manzaralari“ (1886) va boshqa mashhur. Budapesht Oliy musika maktabi Lizst nomida.[2]

  1. (unspecified title)Alfred A. Knopf. — С. 561.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil