Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi foydalanuvchilar guruhi hamda shaxsan oʻz nomimdan Sizga oʻzbekcha Vikipediyada oʻtkazilayotgan Mavzuli oylik loyihasi doirasidagi „Turkiya oyligi“da samarali va sifatli ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Siz yaratgan maqolalar nafaqat loyihamiz statistikasi, balki oʻzbekcha Vikipediyaning mazmuniy boyligi uchun ham juda qadrlidir. Ushbu Turkiya ordeni Sizning zahmatli mehnatingiz va qardosh turkiy xalqlar madaniyatini yoritishdagi hissangiz eʼtirofidir.