NEW: First Union korporatsiyasi - What You Need To Know
|
| |
| Turi | Ommaviy |
|---|---|
| Tarmogʻi | Banking |
| Qachon asos solingan | 2-iyun, 1908-yil |
| Asoschi(lari) | H. M. Victor |
| Mahsulot(lar)i | Moliyaviy xizmatlar |
| Boyligi | 171 milliard dollar[1] |
| Ishchilar soni | 71,262[1] |
| Shoʻba korxonalari |
CoreStates Financial Wachovia National Bank |
| Vebsayti | www.firstunion.com |
First Union Corporation – AQShning sharqiy qismidagi oʻn birta shtatda tijorat va chakana bank xizmatlarini koʻrsatgan bank xoldingi (bank holding company) edi. Kompaniya bank xizmatlaridan tashqari yana koʻplab moliyaviy xizmatlar ham koʻrsatgan. Ular orasida quyidagilar mavjud edi: ipoteka banki (mortgage banking), kredit kartalari xizmatlari, investitsion bank xizmatlari (First Union Securities), sarmoyaviy maslahatlar, uy mulkiga garov evaziga kreditlar (home equity lending), garov asosidagi moliyalashtirish (asset-based lending), lizing, sugʻurta, xalqaro moliyaviy xizmatlar va qimmatli qogʻozlar brokerligi xizmatlari. Shuningdek, kompaniya xususiy kapital investitsiyalarini First Union Capital Partners va boshqa shoʻba korxonalar orqali amalga oshirgan
2001-yil sentabr oyida First Union Corporation Wachovia National Bankni sotib olish jarayonini yakunladi va natijada yangi tashkil etilgan kompaniya Wachovia Corporation nomi ostida faoliyat yurita boshladi. Ushbu birlashma orqali yangi tashkilot AQShdagi eng yirik moliyaviy xolding kompaniyalaridan biriga aylandi.
2000-yil oxiriga kelib, First Union kompaniyasining umumiy aktivlari 171 milliard AQSh dollaridan oshiq edi, xodimlar soni 70 000 dan ortiq, bank filiallari esa 2 193 tani tashkil qilgan[1].
Wachoviaʼni sotib olgach, kompaniya rasmiy ravishda Wachovia nomini hamda uning birja belgisi (stock ticker symbol)ni oʻzlashtirdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 As of December 31, 2000. FIRST UNION CORPORATION 2000 ANNUAL REPORT