EXCLUSIVE: Filippin bayrog%CA%BBi | Latest Update
Flippin respublikasining milliy bayrog’i (tagalcha: Pambansang Watawat ng Pilipinas) yoki Uch yulduz va quyosh (tagalcha: Tatlong Bituin at Isang Araw, inglizcha: Three stars and a sun) nomi bilan ham mashhur. Ko’k va qizil ranglariga ega bo’lgan, ikki rangli bayroqdir. Bayroqning chap tarafida oq uch burchak shakl mavjud. Uch burchakning ichida sakkiz nurli quyosh bo’lib, ushbu nurli chiziqlar Flippin davlatining Ispaniya istilosiga qarshi harakat qilgan viloyatlarni ifodalaydi. Uch burchakning har bir burchagida yulduz mavjud, ushbu uch yulduz davlatning uchta arxipelagda joylashganligini bildiradi, ular Visayas, Luson, va Mindanao arxipelaglaridir.[1]