TECH NEWS: Everton Kavalkante | Tech News Today

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Everton das Chagas Kavalkante (port.-braz.: Everton das Chagas Cavalcante; 1982-yil 13-iyul) – braziliyalik futbolchi, yarim himoyachi va hujumchi. Oʻzbek futbol klublarida oʻynagani bilan tanilgan.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Everton das Chagas oʻzining professional faoliyatini 2000—2002-yillarda Manausning „Nasional“, 2003-yilda „Parana Kuritiba“, 2004-yilda „Londrini“ (shu nomli shahar jamoasi), 2005-yilda „Marsilio Dias“ jamoalarida oʻynagan. 2006-yilda Everton „Nasional“ga (Manaus) qaytdi va oʻsha yili Oʻzbekistonning „Lokomotiv“, „Xorazm“ va „Dinamo“ klublarida toʻp surgan[1][2].2010-yilda „Vitoria“ klubida boshlagan. Tez orada unga Yevropa klublari qiziqish uygʻotdi.

2012-yilda Everton das Chagas Portugaliyaning „Benfica“ klubiga oʻtdi. „Benfica“ safida ikki mavsum oʻtkazdi va klub uchun 54 oʻyinda 21 gol urdi.

2014-yilda Angliyaning „Chrystal Palace“ klubiga oʻtdi. Bir mavsum oʻtkazdi va klub safida 30 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.

2015-yilda Borba shahrining „Nacional Borbense“ jamoasida oʻynagan. Xitoyning „Shanghai SIPG“ klubiga oʻtdi. U „Shanghai SIPG“ safida ikki mavsum oʻtkazdi va klub uchun 50ta oʻyinda 27ta gol urdi.

2017-yilda Braziliyaning „Gremio“ klubiga oʻtdi. Klub uchun 32 oʻyinda 10 ta gol urdi.

2018-yilda Saudiya Arabistonining „Al-Nassr“ klubiga oʻtdi. Klub safida 26 ta oʻyinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi.

2019-yilda Braziliyaning „Flamengo“ klubiga oʻtdi. Klub uchun 35 oʻyinda 12 gol urdi.

2020-yilda Turkiyaning „Fatih Karagümruk“ klubiga oʻtdi. Klub safida 30 ta oʻyinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi.

2021-yilda Braziliyaning Seara klubiga oʻtdi.

Everton das Chagas Braziliya terma jamoasini 20 yoshgacha va 23 yoshgacha boʻlgan jamoalarda himoya qilgan. Terma jamoada 3 ta oʻyinda 1 ta gol urgan.

Campeonato Brasileiro A Seriyasi: 2019-yil

Braziliya Superkubogi: 2020

Campeonato Carioca: 2020

Recopa Sudamericana: 2020

Libertadores kubogi: 2019

Primera Liga: 2013–14

Taça de Portugal: 2013–14

Taça da Liga: 2013–14

  1. „“Lokomotiv”ning 2008-yildagi 11talik tarkibi“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  2. „Legioner tanlashni bilmaydigan "Lokomotiv"“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.