BREAKING: Esma Sulton | Breaking Tech News

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Esma Sulton
Tugʻilishi 21-mart 1873-yil
Dolmabahçe saroyi, Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi
Vafoti 7-may 1899-yil(1899-05-07)
(26 yoshda)
Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi
Dafn etilgan joy
Turmush oʻrtogʻi
Kabasakal Cherkas Mehmed posho (turm. 1889)
Farzandlari
  • Sultonzoda Hasan Bedriddin bey
  • Sultonzoda Husayn Hayriddin bey
  • Mihribon Xonimsulton
  • Sultonzoda Mehmed Saadiddin bey
  • Sultonzoda Abdulloh bey
Sulola Usmoniylar
Otasi Abdulaziz
Onasi Gevheri Kadın
Dini Islom, sunniylik

Esma Sulton (usmonli turkcha: اسما سلطان‎; 1873-yil 21-mart — 1899-yil 7-may) — Usmoniylar malikasi, Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulaziz va Gevheri Kadınning qizi.

Esma Sulton 1873-yil 21-martda Dolmabahçe saroyida tugʻilgan[1][2]. Uning otasi Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulaziz boʻlib, u sulton Mahmud II va Pertevniyal Sultonning oʻgʻli edi. Onasi esa Gevheri Kadın boʻlgan[3]. Esma Sulton Gevheri Kadınning eng katta farzandi edi. Shahzoda Mehmed Seyfiddin uning tugʻishgan ukasi boʻlgan[4][5].

Otasi sulton Abdulaziz 1876-yil 30-mayda vazirlari tomonidan taxtdan agʻdarilgach, uning jiyani Murod V taxtga oʻtirdi[6] va ertasi kuni Abdulaziz Feriye saroyiga koʻchirildi[7]. Abdulazizning atrofidagilar Dolmabahçe saroyini tark etishni istamaganlari uchun ularni qoʻllaridan ushlab, majburan Feriye saroyiga chiqarib yuborishgan. Bu jarayonda ularni boshdan-oyoq tintuv qilishib, qimmatbaho buyumlarining barchasini tortib olishgan[8]. 1876-yil 4-iyunda[9] Abdulaziz sirli tarzda vafot etgan[10].

Oʻsha paytda uch yoshda boʻlgan Esma oʻgay akasi, valiahd Shahzoda Yusuf Izzeddin nazorati ostida voyaga yetdi. Uning qoshlar qiya, koʻzlari qora va yirik, yuzi uzun, terisi oq, sochlari kalta, boʻyi baland boʻlgan[5]. Esma Sulton 1879-yilda Ihlamur pavilonida akalari Shahzoda Mehmed Sayfiddin va Shahzoda Mehmed Shavkat, shuningdek, sulton Abdulhamid II ning farzandlari Shahzoda Mehmed Salim va Zekiye Sulton bilan birga taʼlim olishni boshladi[11].

1889-yilda sulton Abdulhamid II Esma Sulton, uning ikki singlisi Soliha Sulton va Nozima Sultonning nikohini oʻz qizi Zekiye Sultonnikiga qoʻshib oʻtkazdi[12].

Esma Sulton 1889-yil 20-aprelda oʻn olti yoshida Yıldız saroyida Damat Kabasakal Cherkas Mehmed poshoga turmushga chiqdi. Posho bundan oldin sulton Abdulmajid I ning qizi Naile Sultonga uylangan va Esmadan yigirma yosh katta edi. Esma Sultonga uylanish uchun posho Naile Sultonning vafotidan keyin nikohlangan ikkinchi xotini, chet ellik ayol bilan ajrashgan. Esma Sulton nikohidan keyin ilgari Mehmed posho va Naile Sulton yashagan, „Esma Sulton saroyi“ nomi bilan tanilgan saroyga koʻchib oʻtgan[13].

1890-yilda ularning nikohidan bir yil oʻtib, Esma Sulton birinchi farzandi Sultonzoda Hasan Badriddin beyni (vafoti: 1909-yil)[14], 1892-yilda ikkinchi farzandi Sultonzoda Husayn Hayriddin beyni (vafoti: 1987-yil)[14][15], 1894-yilda uchinchi farzandi, goʻdakligida vafot etgan Mihribon xonimsultonni[16], 1895-yil 14-iyunda toʻrtinchi farzandi Sultonzoda Saadeddin Mehmed beyni (vafoti: 1976-yil)[15][17], 1899-yilda esa beshinchi va eng kichik farzandi Sultonzoda Abdullohni (oʻlik tugʻilgan) dunyoga keltirgan[14][15].

Esma Sulton 1899-yil 7-mayda yigirma olti yoshida tugʻruq paytida vafot etgan va Istanbulning Eminönü hududidagi Yangi masjidda sulton xonimlar maqbarasiga dafn qilingan[3][18][19][20]. Oʻlimidan soʻng sulton Abdulhamid II sulton Murod V ning qizi Hadicha Sultonni Esmaning eri Mehmed poshoga turmushga berishga qaror qilgan. Biroq ular nikohdan oʻtmagan[21].

Ism Tugʻilgan Vafot etgan Izohlar
Sultonzoda Hasan Badriddin bey 1890 1909-yil 21-yanvar Uylanmagan, farzandsiz, vafotidan keyin Yangi masjidga dafn qilingan[22].
Sultonzoda Husayn Hayriddin bey 1892[23] 1987[23] Uylanmagan, farzandsiz.
Mihribon xonimsulton[16] 1894 1894[16] 6 oyligida vafot etgan va Yahyo Afandi qabristoniga dafn qilingan[16].
Sultonzoda Mehmed Saadeddin bey Osmansoy 1895-yil 14-iyun[23] 1970[23] Uylangan, uch oʻgʻil koʻrgan, ular: Alp Saadeddin Muhammad bey Osmansoy (1930-yilda tugʻilgan, bir oʻgʻil va ikki qiz koʻrgan), Kaya Mohamed bey Osmansoy (1937-yilda tugʻilgan) va Aydin Mohamed bey Osmansoy (1947-yilda tugʻilgan).
Sultonzoda Abdulloh bey[16]. 1899-yil 5-may 1899-yil 5-may[16] Oʻlik tugʻilgan, Yahyo Afandi qabristoniga dafn qilingan. Onasi ham uni tugʻish vaqtida vafot etgan[16].
  1. The Encyclopædia Britannica, Vol.7, Edited by Hugh Chisholm, (1911), 3; Constantinople, the capital of the Turkish Empire…
  2. Britannica, Istanbul (Wayback Machine saytida 2007-12-18 sanasida arxivlangan):When the Republic of Turkey was founded in 1923, the capital was moved to Ankara, and Constantinople was officially renamed Istanbul in 1930.
  3. 3,0 3,1 Brookes 2010, s. 281.
  4. Uluçay 2011, s. 233.
  5. 5,0 5,1 Sakaoğlu 2008, s. 645.
  6. Zürcher, Erik J.. Turkey: A Modern History, Revised Edition. I.B.Tauris, October 15, 2004 — 73-bet. ISBN 978-1-850-43399-6. 
  7. Shaw, Stanford J.; Shaw, Ezel Kural. History of the Ottoman Empire and Modern Turkey: Volume 2, Reform, Revolution, and Republic: The Rise of Modern Turkey 1808–1975, Volume 11. Cambridge University Press, 1976 — 164-bet. ISBN 978-0-521-29166-8. 
  8. Brookes 2010, s. 40.
  9. Davison, Roderic H.. Reform in the Ottoman Empire, 1856–1876. Princeton University Press, December 8, 2015 — 341-bet. ISBN 978-1-400-87876-5. 
  10. Brookes 2010, s. 43.
  11. Uru, Cevriye. Sultan Abdülhamid'in kızı Zekiye Sultan'in Hayati (1872–1950), 2010 — 6-bet. 
  12. Brookes 2010, s. 159.
  13. Sakaoğlu 2008, ss. 645–646.
  14. 14,0 14,1 14,2 Vâsıb, Ali; Osmanoğlu, Osman Selaheddin. Bir şehzadenin hâtırâtı: vatan ve menfâda gördüklerim ve işittiklerim. YKY, 2004 — 440-bet. ISBN 978-9-750-80878-4. 
  15. 15,0 15,1 15,2 Bardakçı, Murat. Son Osmanlılar: Osmanlı hanedanının sürgün ve miras öyküsü. İnkılâp, 2008 — 312-bet. ISBN 978-9-751-02616-3. 
  16. 16,0 16,1 16,2 16,3 16,4 16,5 16,6 Şehsuvaroğlu, Haluk Y.. Asırlar boyunca İstanbul: Eserleri, Olayları, Kültürü. Yenigün Haber Ajansı, 2005 — 148-bet. 
  17. Reşad, Ekrem; Osman, Ferid. Musavver nevsâl-i Osmanî, 1911 — 70-bet. 
  18. „Brıef Hıstory: The Legendary Origin Of The Dynastic Family, The Osmanlis, G – Ödevsel“. Odevsel.com. 2018-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-oktyabr.
  19. Sakaoğlu 2008, s. 646.
  20. Uluçay 2011, s. 236.
  21. Örik, Nahid Sırrı. Bilinmeyen yaşamlarıyla saraylılar. Türkiye İş Bankası, 2002 — 40-bet. ISBN 978-9-754-58383-0. 
  22. Hakkı Önkal. Osmanlı hanedan türbeleri. Kültür Bakanlığı, 1992 — 206-bet. ISBN 978-975-17-1009-3. 
  23. 23,0 23,1 23,2 23,3 PAZAN, İbrahim „Kişisel Resmi Web Sitesi“ (tr). Dr. İbrahim Pazan (2015-yil 17-avgust). Qaraldi: 2022-yil 9-mart.
  • Brookes, Douglas Scott. Cho‘ri, malika va muallima: Usmonli haramidan ovozlar. University of Texas Press, 2010. ISBN 978-0-292-78335-5. 
  • Sakaoğlu, Necdet. Bu mulkning ayol sultonlari: Vâlide sultonlar, hâtunlar, hasekilar, kadınefendilar, sultanefendilar. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-9-753-29623-6. 
  • Uluçay, Mustafa Çağatay. Podshohlarning ayollari va qizlari. Anqara: Ötüken, 2011. ISBN 978-9-754-37840-5.