LATEST: Elena Dzamashvili - Complete Analysis

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Elena Dzamashvili
Dzamashvili 1990-yilda
Dzamashvili 1990-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 16-fevral 1942-yil
Tbilisi, Gruziya SSR, Sovet Ittifoqi
Vafoti 21-iyul 2020-yil(2020-07-21)
(78 yoshda)
Qohira, Misr
Janrlar klassik musiqa
Kasbi pianist
Fuqaroligi SSSR va Gurjiston

Elena Dzamashvili (gruzincha: ელენე ძამაშვილი; 1942-yil 16-fevralda tugʻilgan – 2020-yil 21-iyulda vafot etgan) – klassik musiqa yoʻnalishida ijod qilgan gruziyalik pianist. Ikki davlatda oʻz musiqiy faoliyatini olib borgan.

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elena Dzamashvili 1942-yil 16-fevral kuni Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasining Tbilisi shahrida dunyoga kelgan.

Onasining ismi Nino Dzamashvili boʻlgan. Misrning Al-Ahram Weekly gazetasiga bergan intervyusida eslab oʻtganidek, bolaligida radiodan musiqa tinglab, yoqtirgan qoʻshiqlarining ohangi qanchalik murakkab boʻlishidan qatʼi nazar, ularni fortepianoga koʻchirishga harakat qilgan[1].

Dzamashvili musiqa yoʻnalishi boʻyicha boshlangʻich maktabga oʻqishga kirib, Lusia Esayanning sinfida tahsil olgan. Maktabni tamomlagach, yana musiqa boʻyicha oʻrta maktabda oʻqishini davom ettirgan. 1961-yilda esa Tbilisi davlat konservatoriyasiga oʻqishga kirgan. U yerda taniqli musiqachilar Tatiana Goldfarb va Tengiz Amirejibidan saboq olgan.

Gruziyadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻn toʻrt yoshida Dzamashvili konservatoriyada ilk marotaba yakkaxon tarzda oʻz chiqishini amalga oshirgan[2]. Keyinchalik 1971-yildan 1990-yilgacha shu yerda kontsertmeyster sifatida ishlagan va vokal ansambli sinfini tashkil qilgan. Dzamashvili muntazam ravishda simfonik orkestr bilan chiqishlar qilib borgan, shuningdek, 1978-yildan 1991-yilga qadar Gruziya radio va televideniye kompaniyasida ham faoliyat yuritgan[3].

1990-yil 23-iyul kuni hukumat farmoni bilan Dzamashvili „Gruziya faxriy artisti“ unvoniga sazovor boʻlgan[4].

Misrdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Technology news and reviews image
Elena Dzamashvili fortepianoda ijro etmoqda

Qohira va Gruziya konservatoriyalari oʻrtasidagi hamkorlikning rivojlanishi natijasida 1991-yil sentyabr oyida Dzamashvili Qohiraga fortepiano konsertmeysteri sifatida taklif qilingan. Oradan koʻp oʻtmay fortepiano va kamer musiqadan ham dars berishni boshlagan. Shundan keyin har yili yakkaxon konsertlar bergan. Dzamashvili skripkachi Hassan Sharara bilan birgalikda musiqiy duet ijro etgan[5]. Shuningdek, muntazam ravishda misrlik pianinochilar Iman Samy, Dina El Leithy va Iman Amin bilan fortepiano kvartetida ham musiqa ijro etgan[6].

  1. „Elena Dzamashvili: If I'm born ten times, each time I'll be a pianist“. Al-Ahram (2015-yil 21-mart).
  2. "О КАИРСКИХ ДЕЛАХ И НЕ ТОЛЬКО". Русский клуб. 2015. Archived from the original on 2020-11-09. https://web.archive.org/web/20201109221533/http://www.rcmagazine.ge/index.php?option=com_content&view=article&id=1239&Itemid=&ed=41. Qaraldi: 2025-05-12. Elena Dzamashvili]]
  3. ლეკა ძამაშვილი. ქართული მუსიკის ენციკლოპედიური ლექსიკონი, 2015, თბ. — 552-bet. 
  4. საქართველოს სსრ უმაღლესი საბჭოს უწყებები [Agencies of the Supreme Council of the Georgian SSR] (PDF) (ruscha), 7-jild, 1990, 13–14-bet[oydinlashtirilsin]
  5. „The concert in Cairo“. wantedinafrica.com (2007).
  6. „Egyptian Piano Quartet at Cairo Opera House“. cairo360.com (2014).