REVEALED: EMaktab.uz - Everything We Know
| eMaktab.uz | |
|---|---|
|
| |
| Tijoratmi | Ha |
| Sayt turi | Raqamli taʼlim platformasi |
| Roʻyxatdan oʻtish | Pullik (obuna asosida) |
| Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni | 3 milliondan ortiq |
| Qaysi tillarda | Oʻzbek |
| Muassisi | „Kundalik“ MCHJ[1] |
| Bosh ijrochi direktor | Behzod Azimov |
| Ochilgan sanasi | 2019-yil |
| Joylashuv |
Toshkent, |
| Mamlakat |
|
| URL | emaktab.uz |
eMaktab (2023-yilga qadar — Kundalik.com) — Oʻzbekiston umumtaʼlim maktablarida oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalar uchun moʻljallangan raqamli taʼlim platformasi. Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil oktabr oyida Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi va „Kundalik“ kompaniyasi oʻrtasida maktablarda elektron jurnallar va kundaliklarni joriy etish boʻyicha kelishuv imzolangan[2]. Platforma Rossiyaning „Dnevnik.ru“ tizimi asosida mahalliylashtirilgan.
2019-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahridagi 53 ta maktabda tajriba-sinov tariqasida ishga tushirilgan[3]. 2023-yil avgust oyida platforma nomi va domeni eMaktab.uzga oʻzgartirilgan[4].
Egaligi va boshqaruvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Kundalik“ MCHJ operator sifatida loyihani boshqaradi. Ochiq maʼlumotlarga koʻra, kompaniya ulushining 51 foizi Rossiyaning „Dnevnik.ru“ kompaniyasiga, 49 foizi esa Shveysariyada roʻyxatdan oʻtgan „Allied Capital Holding SA“ kompaniyasiga tegishli[5]. Kompaniya rahbari — Behzod Azimov[1].
Imkoniyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Platforma quyidagi funksiyalarni taʼminlaydi:
- Elektron sinf jurnali va oʻquvchi kundaligi;
- Dars jadvali va uy vazifalarini kuzatish;
- Oʻqituvchi va ota-onalar oʻrtasida muloqot tizimi;
- Oʻquvchilarning oʻzlashtirish reytingi va statistik hisobotlar;
- Mobil ilovalar (Android va iOS platformalari uchun).
Axborot xavfsizligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlari Oʻzbekiston hududidagi „Uztelecom“ maʼlumotlar markazlarida saqlanadi. Platforma operatori maʼlumotlar xavfsizligi Oʻzbekiston Respublikasining „Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisida“gi qonuniga muvofiq himoyalanganini taʼkidlaydi[6].
Narxlar va obuna
[tahrir | manbasini tahrirlash]Platformadan foydalanish obuna toʻlovi asosida amalga oshiriladi. Turli yillarda obuna narxi oʻzgarib borgan:
- 2020-yil: yiliga 9 200 soʻm;
- 2021-yil: yiliga 8 600 soʻm;
- 2022-yildan boshlab: „eMaktab“ (bazaviy) va „eMaktab PRO“ (kengaytirilgan) tariflari joriy etildi[7].
Tanqidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Loyiha joriy etilishi jarayonida jamoatchilik va IT-mutaxassislar tomonidan foydalanuvchilar maʼlumotlarining xorijiy kompaniya nazoratida boʻlishi, obuna toʻlovining majburiyligi hamda platformaning Rossiya texnologiyalariga bogʻliqligi borasida turli tanqidiy fikrlar bildirilgan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „KUNDALIK“ mas’uliyati cheklangan jamiyati. orginfo.uz.
- ↑ „Электронные дневники и журналы внедрит российская компания“ (ru). Gazeta.uz (18-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 15-may 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „Yangi o‘quv yilidan boshlab poytaxt maktablarida Kundalik tizimi ishga tushiriladi“ (30-may 2019-yil). Qaraldi: 15-may 2024-yil.
- ↑ Daryo.uz. „“Kundalik.com” platformasi o‘z faoliyatini “emaktab.uz” sifatida davom ettiradi“ (27-avgust 2023-yil). Qaraldi: 15-may 2024-yil.
- ↑ Nurbek Alimov. „«Kundalik.com» surishtiruvi“ (25-noyabr 2020-yil).
- ↑ Yoshlar ovozi. „Kundalik.com nima?“ (7-sentyabr 2022-yil). Qaraldi: 15-may 2024-yil.
- ↑ „“Kundalik”da yangi to‘lov usullari va tarif paketlari ishga tushirildi“. OʻzA (30-avgust 2022-yil). Qaraldi: 15-may 2024-yil.
- ↑ „IT-ekspertlar: Kundalik.com xavf ostidami?“. Ozodlik radiosi (27-noyabr 2020-yil).