ANNOUNCED: Duv%C3%A1n Vergara | Tech Insider
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Duván Andrés Vergara Hernández | ||
| Tavallud sanasi | 9-sentyabr 1996-yil | ||
| Tavallud joyi | Montería, Kolumbiya | ||
| Boʻyi | 1.73 m | ||
| Ampluasi | Vinger | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Monterrey | ||
| Raqami | 10 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Envigado[1] | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2015—2019 | Envigado | 100 | (13) |
| 2019 | Rosario Central | 5 | (0) |
| 2019—2021 | América de Cali | 55 | (14) |
| 2021- | Monterrey | 22 | (5) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (23-yanvar uchun) | |||
Duván Andrés Vergara Hernández (talaffuzi: Duvan Andres Vergara Ernandes)1996-yil 9-sentabrda Kolumbiyaning Monteriya shahrida tavallud topgan. Kolumbiyalik futbolchi „Monterrey“ klubida hujumchi hisoblanadi.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Duván Andrés Vergara Hernández „Envigado“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015-yil 1-sentabr kuni Mustang kubogida „Deportivo Pasto“ga qarshi oʻyinda debyut qildi[2]. 2016-yil 12-mart kuni „Aguilas Doradas“ga qarshi bahsda Duván Andrés Vergara Hernández „Envigado“ uchun birinchi golini urdi[3].
2019-yil boshida Duván Andrés Vergara Hernández Argentinaning „Rosario Central“ jamoasiga oʻtdi. 17-fevral kuni „Tigre“ga qarshi oʻyinda u Argentina Primer ligasida debyut qildi[4]. 14-mart kuni Libertadores kubogi doirasida Chilining „Catolica Universidad“ jamoasiga qarshi oʻyinda Duván Andrés Vergara Hernández „Rosario Central“ safida ilk golini urdi[5].
Oʻsha yilning yozida Duván Andrés Vergara Hernández Kali shahrining „America“ klubi bilan shartnoma imzolab, vataniga qaytdi. Transfer summasi 1,8 million yevroni tashkil qildi. 26-iyul kuni „Patriotas Boyac“ga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qildi[6]. 18-avgust kuni „Aguilas Doradas“ga qarshi bahsda Duván Andrés Vergara Hernández „America“ uchun birinchi golini urdi[7]. 15-noyabr kuni „Alianza Petrolera“ga qarshi oʻyinda u xet-trik qayd etdi[8]. Oʻzining debyut mavsumida Duván Andrés Vergara Hernández klubga ligada gʻolib chiqishga yordam berdi. 2020-yilda Libertadores kubogida „Universidad Católica“ va Braziliyaning „Internacional“ga qarshi oʻyinlarda u uchta gol urdi[9][10][11]. Oʻsha yili Duván Andrés Vergara Hernández ikkinchi marta Kolumbiya chempioni boʻldi. 2021-yilning yozida Duván Andrés Vergara Hernández meksikaning „Monterrey“ga oʻtdi. 26-iyul kuni „Puebla“ga qarshi oʻyinda u Meksika Primer ligasida debyut qildi[12]. 1-avgust kuni „UNAM“ga qarshi bahsda Duván Andrés Vergara Hernández „Monterrey“ uchun birinchi gollarini urib, „dubl“ qildi[13]. 17-sentabr kuni KONKAKAF Chempionlar ligasi doirasida „Cruz Azul“ga qarshi oʻyinda u gol urdi[14]. Oʻsha yili Duván Andrés Vergara Hernández KONKAKAF chempionlar kubogini qoʻlga kiritdi.
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Envigado F. C. |
2015 | 12 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 14 | 0 |
| 2016 | 30 | 6 | 2 | 0 | 0 | 0 | 32 | 6 | |
| 2017 | 25 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 27 | 1 | |
| 2018 | 33 | 6 | 3 | 1 | 0 | 0 | 36 | 7 | |
| Jami | 100 | 13 | 9 | 1 | 0 | 0 | 109 | 14 | |
| Rosario Central |
2019 | 5 | 1 | 1 | 0 | 2 | 1 | 8 | 2 |
| Jami | 5 | 1 | 1 | 0 | 2 | 1 | 8 | 2 | |
| América de Cali |
2019 | 22 | 5 | 2 | 1 | - | - | 24 | 6 |
| 2020 | 21 | 6 | 3 | 1 | 5 | 3 | 29 | 10 | |
| 2021 | 12 | 3 | 0 | 0 | 5 | 0 | 17 | 3 | |
| Jami | 55 | 14 | 5 | 2 | 10 | 3 | 70 | 19 | |
| Monterrey |
2021-2022 | 22 | 5 | 0 | 0 | 2 | 1 | 24 | 6 |
| Jami | 22 | 5 | 0 | 0 | 2 | 1 | 24 | 6 | |
| Umumiy karyerasida | 182 | 33 | 15 | 3 | 14 | 5 | 211 | 41 | |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Duván Vergara, nuevo jugador de Rosario Central, msn.com, 17 January 2019
- ↑ „Депортиво Пасто VS. Энвигадо 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (1-sentabr 2015-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Энвигадо VS. Агилас Дорадас 2:3“ (inglizcha). soccerway.com (12-mart 2016-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Росарио Сентраль VS. Тигре 0:2“ (inglizcha). soccerway.com (17-fevral 2019-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Универсидад Католика VS. Росарио Сентраль 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (14-mart 2019-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Америка Кали VS. Патриотас Бояка 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (26-iyul 2019-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Америка Кали VS. Агилас Дорадас 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (18-avgust 2019-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Америка Кали VS. Альянса Петролера 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (15-noyabr 2019-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Универсидад Католика VS. Америка Кали 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (10-mart 2020-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Америка Кали VS. Универсидад Католика 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (24-sentabr 2020-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Интернасьонал VS. Америка Кали 4:3“ (inglizcha). soccerway.com (17-sentabr 2020-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Монтеррей VS. Пуэбла 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (26-iyul 2021-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Монтеррей VS. УНАМ Пумас 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (1-avgust 2021-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Крус Асуль VS. Монтеррей 1:4“ (inglizcha). soccerway.com (17-sentabr 2021-yil). 5-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
