TRENDING: Doston Ro%CA%BBziyev | Latest Update

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Doston va familiyasi Roʻziyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Doston Roʻziyev
Technology news and reviews image
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 10-iyul 1996-yil (1996-07-10) (29 yosh)
Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston
Sport
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qaysi sport dzyudo[1]
Murabbiy(lar)i Fozil Xolborozov, Elbek Umarov

Doston Roʻziyev (1996-yil 10-iyulda tugʻilgan) – o‘zbekistonlik dzyudochi[2]. 2017-yildan buyon dzyudo sport turi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2024-yil Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtayotgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida dzyudo boʻyicha 60 kg vazn toifasida ishtirok etdi[3].

Roʻziyev Doston Oston oʻgʻli 1996-yilning 10-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tavallud topgan[2][4].

Dostonning murabbiylari Elbek Umarov va Fozil Xolborozov hisoblanadi[4]. U 2017-yilldan buyon dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining aʼzosi. 2024-yilning 3-5-mart kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan[5] dzyudo boʻyicha „Katta dubulgʻa“ turnirida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 60 kg vazn toifasining final bahsida Doston Gruziya vakili Giorgi Sardalashvilini magʻlub etdi[6][7]. Bu orqali 1000 reyting ballini qoʻlga kiritgan sportchi 2024-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[8].