NEW: Datiko Tsixelashvili | Breaking Tech News
| Dato Toshkentskiy | |
|---|---|
| Datiko Tsixelashvili | |
| Tavalludi |
12-yanvar 1951-yil Nukus, Oʻzbekiston SSR |
| Vafoti |
9-oktyabr 2000-yil (49 yoshda) Krasnogorsk (Moskva viloyati), Rossiya |
| Fuqaroligi |
|
Datiko Pavlovich Tsixelashvili (1951-yil 12-yanvar, Nukus, Qoraqalpogʻiston — 2000-yil 9-oktyabr) — sovet va rus kriminal avtoriteti, „qonundagi oʻgʻri“. Dato Tashkentskiy laqabi bilan tanilgan.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Datiko Sixelashvili 1951-yil 12-yanvarda Qoraqalpogʻistonning Nukus shahrida tugʻilgan. Bu oʻlka millati oʻzbek boʻlgan onasining vatani edi. Boʻlajak „qonundagi oʻgʻri“ning otasi esa gruzin boʻlgan. Dato 16 yoshida oilasi bilan Toshkentga koʻchib oʻtgan va shu yerda 16 yoshli Sixelashvili davlat mulkini oʻgʻirlagani uchun qoʻlga olingan. Yoshligi sababli Datoni uch yilga voyaga yetmaganlar koloniyasiga joʻnatishgan, biroq Tsixelashvili u yerda doimiy ravishda isyon koʻtargani uchun muddatiga yana bir yil qoʻshib beriladi. 18 yoshga toʻlgach, Sixelashvili Zarafshon shahridagi oddiy qamoqxonaga oʻtkazilgan[1].
1971-yili Dato qamoqdan chiqqan, biroq oradan bir yil ham oʻtmay, qasddan ogʻir tan jarohati yetkazgani uchun yana panjara ortiga ravona boʻlgan. 1975-yilda Dato ozodlikka chiqib, Toshkentda „toj kiydirilgan“[1]. Shundan soʻng Sixelashvili Moskvaga koʻchib oʻtib, „Moskva birodarligi“ga qabul qilingan. Ammo bir necha oydan keyin Dato Oʻzbekistonga qaytib keldi va zoʻrlash aybi bilan qoʻlga olinib, 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Qamoqxonada Dato „oʻgʻrilar sudyasi“ga aylangan: u oʻgʻrilar oʻrtasidagi nizolarni hal qilar va yangilariga „toj kiydirar“ edi.
1984-yilning oxirlarida Dato Tobolsk qamoqxonasiga tushib qolgan. U yerda unga Uzoq Sharqning nufuzli obroʻsiga ega Yevgeniy Vasin (Jem) bilan bogʻliq „toj kiydirish“ mojarosini hal qilishga toʻgʻri kelgan. Keyinchalik Vasin Rossiya tarixidagi eng yirik jinoiy guruhlardan biri boʻlgan „Obshak“ uyushgan jinoiy guruhiga boshchilik qilgan[2][3].
1980-yillarning oʻrtalarida taniqli oʻgʻri Hasan raqiblari uning obroʻsiga putur yetkazishga urinayotgani sababli Datodan yordam soʻragan. 1986-yili Hasan Tobolsk qamoqxonasida Dato bilan uchrashgan. Dato Usoyanning nufuzli dushmanlariga qarshi chiqib, uni „qonundagi oʻgʻri“ deb tan olgan. Keyinchalik Dato Tobolsk qamoqxonasidan Tulundagi qamoqxonaga etap qilingan[1][3].
1991-yilda Dato ozodlikka chiqqan va shu munosabat bilan „qonundagi oʻgʻri“lar „sxodka“ eʼlon qilgan, biroq yigʻinni militsiya tarqatib yuborgan[4]. Oʻgʻrilar „sxodka“sining ertasi kuni gubernator Eduard Rosselning yoʻnalishi boʻylab toʻxtab turgan avtomobil portlatib yuborilgan. 1990-yillarda Dato Tashkentskiy eng nufuzli „qonundagi oʻgʻri“lardan biri edi. U „qonundagi oʻgʻri“lar oʻrtasidagi nizolarni hal qilar va aybdor „zakonnik“ni nomidan mahrum qilishi mumkin edi[1][3].
1998-yilning yanvarida Dato oʻz tugʻilgan kunini nishonlayotgan restoranda qoʻlga olingan[1][3]. Oradan bir muncha vaqt oʻtib, Dato ozodlikka chiqqan va yana oʻgʻrilar oʻrtasidagi mojarolarni hal qila boshlagan. Bu vaqtga kelib Dato Gruziyada bosh hakam va eng obroʻli oʻgʻri hisoblanardi[5][4].
Oʻlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000-yilning yozida Dato Krasnogorsk kasalxonasiga tushib qoladi. „Qonundagi oʻgʻri“ning ahvoli juda ayanchli boʻlib, hatto uning terisi yorila boshlagan edi. Shifokorlarning saʼy-harakatlari besamar ketib, 2000-yil 9-oktyabrda Dato Tashkentskiy yurak toʻxtashidan vafot etgan. Dato Tashkentskiy Gruziyadagi Vake qabristoniga dafn etilgan[1][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Дато Ташкентский“. 2024-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-may.
- ↑ „Дато Ташкентский“. 2024-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-may.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Разинкин В. и Тарабрин А. 1997.
- ↑ 4,0 4,1 „Воровская сходка в Екатеринбурге“ (ru). www.kommersant.ru (1998-yil 15-yanvar). 2024-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Дато Ташкентский“. www.mzk2.ru. 2024-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-oktyabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Razinkin V. va Tarabrin A.. "O‘g‘rilar" toifasi. Jinoyat olamining qaymog‘i.. Veche, 1997. ISBN 5-7838-0177-1.
- G. Lobjanidze, G. Glonti.. კანონიერი ქურდები საქართველოში, Tbilisi, 2004.