CONFIRMED: Carlotta Vagnoli | Latest Update

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Carlotta Vagnoli
Technology news and reviews image
Vagnoli 2022-yilda
Tavalludi 6-noyabr 1987-yil (1987-11-06) (38 yosh)[1].
Kasbi yozuvchi, aktivist
Ijod qilgan tillari Italyan
Fuqaroligi Italiya
Faoliyat yillari 2015–hozirgacha
Janr
  • esse
  • roman
  • teatr pyesasi

Carlotta Vagnoli (1987-yil 6-noyabrda tugʻilgan) — italiyalik feminist, aktivist va muallif[2]. Ijodi gender tengligi, jinsiy rozilik va genderga asoslangan zoʻravonlik masalalariga qaratilgan[3][4].

Carlotta Vagnoli 1987-yilda Florensiyada tugʻilgan va Marina di Castagneto Carducci qishlogʻida voyaga yetgan[5]. Vagnoli universitetda oʻqish uchun Florensiyadan Milanga koʻchib borgan[6], talabalik yillarida u hatto tungi klubda barista boʻlib ham ishlagan[7].

2015-yilda Vagnoli „GQ“ va „Playboy“ jurnallari bilan jinsiy hayot mavzusida maqolalar yozish uchun kolumnist sifatida hamkorlik qila boshladi. Soʻngra gender tengligi va genderga asoslangan zoʻravonlik mavzularini tadqiq etishni boshlab, „GQ“ jurnali uchun Tiziana Cantonening oʻlimi haqida maqola yozdi. Keyinchalik u oʻzining ushbu maqolasini „burilish nuqtasi“ deb atagan[6].

Keyingi yillarda Vagnoli internet tarmogʻidagi asosiy italiyalik feminis faollardan biri sifatida tanildi[2], bunga uning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, xususan, Instagram ijtimoiy tarmogʻi[8] orqali rozilik, gender tengligi va zararli gender stereotiplarini dekonstruksiya qilish zarurati haqida xabardorlikni oshirgani sabab boʻldi. 2021-yilda Fabbri Editori uning „Maledetta sfortuna“ (Laʼnati omadsizlik) deb nomlangan birinchi kitobini nashr etdi. Bu esse ayollarga nisbatan zoʻravonlikning ildizida yotuvchi madaniy stereotiplar va patriarxal tuzilmalarni tahlil qiladi[9]. Esse jamoatchilik tomonidan iliq kutib olinib, Italiyada eng koʻp sotilgan non-fikshn kitoblar reytingida uchinchi oʻrindan joy egalladi va toʻrt hafta davomida kuchli oʻnlik tarkibida qoldi[10].

2023-yildan beri u Antonio Dikele Distefano bilan birgalikda YouTubedagi „Basement Café“ podkastiga hamboshlovchilik qilib kelmoqda. Ushbu podkast teatr sahnasidan jonli tarzda yozib olinadi[11][12]. 2025-yil mart oyida uning „Una stanza tutta per noi“ („Faqat biz uchun bir xona“) pyesasi Milandagi Carcano teatri sahnasida premyera qilingan[13]. Hozirda Vagnoli „D — la Repubblica delle donne“ jurnali uchun maqolalar yozadi. Ushbu jurnal „la Republicca“ gazetasiga ilova qilingan jurnal hisoblanadi[14].

Huquqiy masala

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2025-yil oktyabr oyida Vagnoliga Monza prokuraturasi tomonidan taʼqib va ogʻir tuhmat boʻyicha tergov olib borilayotgani haqida xabar berilgan. Bu ishda Vagnoli Valeria Fonte va yozuvchi Benedetta Sabene lar bilan birgalikda gumon qilinmoqda.

Ularning uchoviga qoʻyilgan ayblovga koʻra, ular internetda kampaniya olib borib, doʻstlaridan birining sobiq sherigini ruhiy zoʻravonlikda ayblagan va bu holat natijasida u erkakda oʻz joniga qasd qilish fikrlari paydo boʻlgan deb daʼvo qilingan.

  1. Vagnoli, Carlotta „Nasco il 6 novembre 1987 alle ore 15:25, podalica e ostinata a non fare alcuno sforzo per girarmi, costringendo mamma a un cesareo. Che fossi testarda e spaccamaroni lo si capiva già dalle premesse.“ (it) (2022-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2026-yil 24-yanvar.
  2. 2,0 2,1 Banfi, Giulia; Bonazzi, Michele (2024-12-24). "A Study in Pink: Le narrazioni digitali dell'influ-attivismo femminista" (it). Mediascapes 24 (2): 58–73. https://rosa.uniroma1.it/rosa03/mediascapes/article/view/18836. Qaraldi: 2025-09-03. Carlotta Vagnoli]]
  3. Nesi, Virginia „Carlotta Vagnoli: «Non usate le favole per parlare di femminicidio»“ (it). Corriere della Sera (2022-yil 22-fevral). Qaraldi: 2025-yil 4-sentyabr.
  4. Lanni, Daniela „Carlotta Vagnoli: 'Sante, superficiali e viziate? Ecco perché le donne di Garcia Marquez vanno riabilitate'“ (it). La Stampa (2022-yil 19-may). Qaraldi: 2025-yil 4-sentyabr.
  5. Manca, Mario „Carlotta Vagnoli: «Usciamo dalla nostra bolla»“ (it). Vanity Fair Italia (2022-yil 7-may). Qaraldi: 2025-yil 3-sentyabr.
  6. 6,0 6,1 Carraro, Valentina „Intervista con Carlotta Vagnoli [Attivista, Sex Columnist: tra Mental Health e il miglior Vaffanculo di Sempre“] (it). The Italian Rêve (2021-yil 5-mart). Qaraldi: 2025-yil 3-sentyabr.
  7. Cantarelli, Luca „Creative Voices, intervista a Carlotta Vagnoli“ (it). Harper's Bazaar (2024-yil 10-may). Qaraldi: 2025-yil 6-oktyabr.
  8. „Carlotta Vagnoli: «Siamo un Paese vecchio e patriarcale. La competizione generazionale è una brutta malattia»“ (it). L'Espresso (2022-yil 17-avgust). Qaraldi: 2025-yil 4-sentyabr.
  9. „Carlotta Vagnoli racconta la violenza di genere. E 'Maledetta Sfortuna' conquista Firenze“ (it). La Nazione (2021-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 3-sentyabr.
  10. „Classifica libri di saggistica italiana“ (it). Il Sole 24 Ore. Qaraldi: 2025-yil 4-sentyabr.
  11. „Il 'Basement Café by Lavazza', si rinnova e fa il suo debutto a Napoli“ (it). Esquire (2024-yil 10-aprel). Qaraldi: 2025-yil 3-sentyabr.
  12. Ciari, Franca „Social: al via la nuova stagione di Basement Cafè“ (it). Gazzetta Toscana (2023-yil 16-fevral). Qaraldi: 2025-yil 3-sentyabr.
  13. „Una stanza tutta per noi“ (it). teatrocarcano.com. Teatro Carcano. Qaraldi: 2025-yil 4-sentyabr.
  14. „Carlotta Vagnoli - Autore a Repubblica.it“ (it). la Repubblica (2025-yil 11-iyul). Qaraldi: 2025-yil 4-sentyabr.