NEW: Bulbulga bir gapim bor - What You Need To Know

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bulbulga bir gapim bor
Muallif(lar) Muhammad Yusuf
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashr etilgan sanasi 1987
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti
Sahifalar soni 73

„Bulbulga bir gapim bor“ — oʻzbek shoiri Muhammad Yusuf qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1987-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan[1]. 2014-yil „Sharq“ nashriyotida qayta chop etilgan[2].

„Bulbulga bir gapim bor“ Yusufning ikkinchi sheʼriy toʻplami boʻlib, Oydin Hojiyevaning soʻzlariga koʻra, shoir keng kitobxonga tanilishida muhim rol oʻynagan[3].

„Bulbulga bir gapim bor“ toʻplamining nomi unga kiriritilgan „Nilufar“ sheʼridan olingan:[4]

Qoʻlim yetmas bu gulga manim,
Qoʻlim yetmas, nimasin aytay.
Bir gapim bor bulbulga manim,
Uni yigʻlab-yigʻlab uygʻotay.

Toʻplamga: „Yuragim“, „Yigirmanchi asr“, „Ota“, „Oʻzbekning ayollari“, „Brigadir“, „Mehmon“, „Savol“, „Bir kecha“, „Xirmondagi bola“, „Moʻminjon“, „Singlimga maktublar“, „Ey, dil“, „Inson“, „Nido“, „Oʻzim yomon...“, „Unutish (Shokirga)“, „Kumush“, „Koʻngil yigʻisi“, „Zebixon“, „Bobur“, „Toshkent“, „Taraqqiyot“, „Temirlar nidosi“, „Qari qiz“, „Yuvosh oʻgʻil“, „Oʻgʻlimga aytmagan qoʻshigʻim“, „Madina“, „Muttaham“, „Loʻttivozlar“, „Kinoga kirmayman“, „Tugʻilgan kunda“, „Sodda tilak“, „Xolmat akaga“, „Yaxshi bola (Xayrulla Saʼdiyevga)“, „Jangchi-shoir maktubi“, „Kokilingni kim kesdi“, „Adabiyot muzeyida“, „Nozim xikmat“, „Anjelika“, „Foziljonning onasi“, „Mirzamurod dehqonning nevaralariga aytganlari“ kabi turli mavzulardagi sheʼrlar kiritilgan.

  1. Tursunova, Lobar (2023). „MUHAMMAD YUSUF ASARLARIDA ALLYUZIYA, IQTIBOS VA REMINESSENSIYA SHAKLIDA QO'LLANGAN INTERTEKSTLAR TAHLILI“. Educational Research in Universal Sciences. 2-jild, № 5. 494–498-bet. ISSN 2181-3515. Qaraldi: 29-noyabr 2025-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Bozorova, Gulchehra; Axmedova, Xurshida (2024). „The Use of the Epithet in Muhammad Yusuf's Works“. American Journal of Education and Evaluation Studies. 1-jild, № 9. 198–200-bet. ISSN 2997-9439.
  3. „“Тушларида Муҳаммад ака қизлардан хабар олинг деган экан...” Шеърларидек самимий, содда шоир Муҳаммад Юсуфни бирга хотирлаймиз“. Darakchi (26-aprel 2022-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2025-yil.
  4. „Булбулга бир гапим бор“. Unilibrary. Qaraldi: 29-noyabr 2025-yil.