URGENT: Bssisa - What You Need To Know

Bssisa (arabcha: بسيسة, Berber aḍemmin, ibroniycha: בסיס) qadimgi Kartagen davriga borib taqaladigan, qovurilgan arpa uniga asoslangan odatiy Tunis taomidir[1][2]. Bu turdagi taom butun Tunis boʻylab keng tarqalgan[3]. Uning tarixi juda uzoqqa borib taqaladi va sayohatchilar hamda koʻchmanchilar uni oʻz safarlarida oʻzlari bilan olib yurishgan, chunki u ham yuqori ozuqaviy qiymatga ega, ham maydalangan kukun holatida olib yurish oson boʻlgan.
Tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bssisa – qovurilgan donlarning turli hil ziravorlar va shakar bilan aralashtirib maydalangan aralashmalaridan iborat. Aralashmaga qoʻshiladigan oʻtlar va ziravorlar turlicha boʻlishi mumkin[4] va aralashmalar ustiga sut yoki suv qoʻshilganda suyuq holda ham isteʼmol qilinib, rovina deb ataluvchi unli ichimlik hosil qiladi.
Udumlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bssisa Tunis va Liviya musulmonlari[5] hamda yahudiylari tomonidan turli munosabatlar bilan isteʼmol qilinadi.
Yahudiylar uni ayniqsa ibroniy oy taqvimidagi Nison oyining birinchi kunida isteʼmol qiladilar, chunki bu kuni Mishkan (chodir ibodatxona) qurib bitkazilgan (bu holda taom bssiset al-marqoma yoki shunchaki bssisa deb ataladi)[6]. Taom bugʻdoy va arpadan iborat kukun boʻlib, u Mishkanni qurishda ishlatilgan qorishmani ifodalaydi. Qoʻshimcha ravishda, uy bekasi oʻzining oltin uzugini bssisaga soladi, bu esa Mishkan qurilishida ishlatilgan oltinni eslatadi. Bssisa yeyilishidan avval, oilaning otasi bssisani uyining kaliti bilan aralashtirar ekan, Mishkanda ishlatilgan moyni yodga olib, arab tilida duo qiladi[7]. Bu „yangi yil“ning „ochilishi“ni ramziy maʼnoda ifodalaydi. Ota va oila aʼzolari navbatma-navbat quyidagilarni aytadilar:
Ya fetach,
Bla Neftach,
Arzekna varzek menna
Ya atai
Bla mena!
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tsampa, oʻxshash tibetcha asosiy taom
- Arab oshxonasi
- Tunis oshxonasi
- Liviya oshxonasi
- Sefard yahudiylari oshxonasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Cp. Vermondo Brugnatelli, „Elementi per uno studio dell’alimentazione nelle regioni berbere“, in: D. Silvestri, A. Marra, I. Pinto (a c. di), Saperi e sapori mediterranei. La cultura dell’alimentazione e i suoi riflessi linguistici (Napoli, 13-16 ottobre 1999), Napoli, 2002, vol. III, pp. 1067–1089.
- ↑ Rula Attia, „Tunisian Bsisa“, „Tunisian Bsisa“. 2014-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-fevral.]
- ↑ „"البسيسة" غذاء الرعاة الأفارقة وحلوى بداية النهار“ (ar-AR). The New Arab (2015-yil 7-may). Qaraldi: 2025-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Food Heroes detail | World Food Day | Food and Agriculture Organization of the United Nations“ (en). WorldFoodDay. Food and Agriculture Organization. Qaraldi: 2025-yil 14-sentyabr.
- ↑ „La "bsissa" : Un mets rassasiant aux multiples vertus“ (2019-yil 19-fevral).
- ↑ Cp. Mordekhai Cohen, Gli ebrei in Libia. Usi e costumi, translated and annotated by Martino Mario Moreno, Firenze, Giuntina, 1994, p. 81-82. ISBN 978-88-85943-95-7
- ↑ „Bsisa“. 2011-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-noyabr.