TRENDING: Brams Iogannes | Latest Update

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Brams Iogannes
Technology news and reviews image
Tavalludi 7-may 1833[1][2]
Vafoti 3-aprel 1897[1][2]
Vena
Fuqaroligi Gamburg va Germaniya
Otasi Johann Jakob Brahms[1]
Onasi Johanna Henrica Christiane Nissen[1]

BRAMS (Brahms) Iogannes (7-may 1833-yil – 3-aprel 1897-yil) – nemis kompozitori, pianinochi va dirijyor, musiqiy romantizmning yorqin vakili. Brams turli tarkibdagi ijrochilarga moʻljallangan jami 400 ga yaqin vokal (qoʻshiq, romans, duet, xor va boshqalar) asarlar yaratdi. Bular orasida Hofiz Sheroziy sheʼrlariga yozilgan „Toʻqqizta qoʻshiq va sadolar“ hamda „Beshta qoʻshiq“ (ovoz va fortepiano uchun, 1863, 1864—68) Bramsning eng yorqin oriyental (umumsharqiy) asarlaridir. Shuningdek, mashhur „Vengercha raqslar“ (jami 21 ta, 1880), qayta ishlangan venger, loʻli va boshqa xalqlar qoʻshiqlarida ham sharqona uslub xususiyatlari seziladi. Bramsning „Nemischa rekviyem“i (1868), 4 ta simfoniyasi (1874—85), fortepiano va orkestr (2 ta), skripka va orkestr, skripka, violonchel va orkestr uchun konsertlari, fortepiano uchun 3 ta sonatasi, intermessolari va boshqa asarlari Yevropa romantik musiqasi durdonalari qatoridan oʻrin olgan. Bramsning simfoniyalari, kamercholgu va vokal asarlari Oʻzbekistonda ham ijro etib kelinadi.

Technology news and reviews image
1891-yilda Gamburgdagi Brahms tugʻilgan binoning surati. 1943-yilda bombardimon natijasida vayron boʻlgan
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 — Т. 2, 1897. — С. 90-96.
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)