VIRAL: Bolgariya futbol ittifoqi | Tech News Today
| UEFA | |
|---|---|
|
| |
| Qisqa nomi | БФС |
| Tashkil etilgan | 1923 |
| Shtab-kvartirasi | Sofiya |
| FIFA ga aʼzo boʻlgan sana | 1924-yil |
| UEFA ga aʼzo boʻlgan sana | 1954-yil |
| Prezident | Georgi Ivanov |
| Vebsayt | bfunion.bg |

Bolgariya futbol ittifoqi (bulgʻ. Български футболен съюз; BFS) – Bolgariyada futbolni boshqaruvchi tashkilot boʻlib, 1954-yildan beri UEFA aʼzosi hisoblanadi. U Bolgariya Parva Ligasi futbol ligasini tashkil etadi hamda Bolgariya milliy terma jamoasini UEFA va FIFA ruxsati bilan oʻtkaziladigan musobaqalarga yuboradi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ittifoq tarixi 1923-yilda tashkil etilgan yuridik tashkilot – Bolgariya Milliy sport federatsiyasiga borib taqaladi, u federatsiyaning futbol boʻlimi sifatida faoliyat boshlagan va 1944-yilgi Sovet bosqiniga qadar mavjud boʻlgan. Shundan soʻng, futbolni boshqaruvchi organ bir necha nom ostida faoliyat yuritgan: 1948-yilgacha Markaziy futbol qoʻmitasi, 1948-yildan 1962-yilgacha Respublika futbol boʻlimi, 1962-yildan 1985-yilgacha esa Bolgariya futbol federatsiyasi nomi bilan tanilgan. 1985-yil 27-iyunda tashkilotga hozirgi nomi – Bolgariya futbol ittifoqi berilgan.
Mihaylovga qarshi noroziliklar (2015–2024)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Borislav Mihaylov 2004-yilda Bolgariya Futbol Ittifoqi prezidenti etib saylangan. Keyingi yillarda, ayniqsa EURO 2004 musobaqasidan soʻng, milliy terma jamoa hamda mamlakatning yetakchi klublari natijalari asta-sekin yomonlasha boshladi. Bu holat futbol muxlislari orasida Mihaylov isteʼfosini talab qilishga sabab boʻldi. 2019-yil 15-oktabrda esa bu noroziliklar yanada kuchaydi. Sabab shundaki, Bolgariya terma jamoasining yomon natijalari va klublar darajasining pasayishi bilan birga, Angliyaga qarshi oʻyinda yuz bergan mojaro ham jiddiy salbiy oqibatlarga olib keldi. Ushbu oʻyinda bir guruh bolgariyalik muxlislar ingliz futbolchilariga nisbatan irqchilik kayfiyatidagi hayqiriqlar bilan chiqish qilgani xalqaro miqyosda katta shov-shuvga sabab boʻldi. Ushbu voqealardan soʻng Bolgariya sport vaziri Borislav Mihaylov lavozimda turgan ekan, BFI bilan hamkorlik qilmasliklarini eʼlon qildi[1]. Angliyaga qarshi bahsdan keyin esa Mihaylov isteʼfoga chiqdi[2]. Shundan soʻng, Mihail Kasabov vaqtincha prezident etib tayinlandi. Biroq COVID-19 pandemiyasi sababli Mihaylovning isteʼfosi yuzasidan muntazam rasmiy saylov oʻtkazilmadi.
2021-yilda kutilmagan tarzda Borislav Mihaylov isteʼfosini qaytarib oldi va oʻsha yili boʻlib oʻtadigan saylovlarda beshinchi muddatga nomzod boʻlishini eʼlon qildi[3]. Shu vaqtdan boshlab, Dimitar Berbatov Mihaylovga qarshi kuchli muxolifat sifatida maydonga chiqdi va u ham saylovda ishtirok etdi. 2021-yil 12-oktabr kuni boʻlib oʻtgan saylovlarda, ayrim ovoz berish tartibidagi buzilishlar qayd etilganiga qaramay, Mihaylov gʻalaba qozondi[4]. 2023-yil mart oyida shahar sudi Kongress qarorlariga nisbatan daʼvolarni qaytarib oldi va garchi ayrim futbol klublari Dimitar Berbatovni qoʻllab-quvvatlagani uchun ovoz berish jarayonidan chetlashtirilgan boʻlsa ham Borislav Mihaylov prezident sifatida tasdiqlandi[5].
2023-yil oktyabr oyida futbol muxlislari Borislav Mihaylovga qarshi norozilikni yanada kuchaytirib, deyarli har bir oʻyinda unga qarshi bannerlar koʻtarishni boshlashdi. Bunga javoban, ittifoq deyarli har bir oʻyindan soʻng klublarga jarima qoʻllay boshladi. Muxlislar 2023-yil 16-noyabr kuni Vengriyaga qarshi oʻyinda mamlakatdagi barcha yirik futbol klublari ultralarini birlashtirgan holda keng qamrovli norozilik aksiyasi boʻlishini eʼlon qilishdi[6]. Bunga javoban, 6-noyabr kuni BFI va UEFA oʻyinning Milliy stadiondan Plovdivdagi Hristo Botev stadioniga koʻchirilishini va u tomoshabinlarsiz (yopiq eshiklar ortida) oʻtishini maʼlum qilishdi[7]. Bu qaror yana-da ogʻir qabul qilindi, chunki birinchi marta futbol ittifoqi oʻz muxlislarini stadionga kiritishni istamagan edi. Norozilik namoyishi Plovdivda, stadion tashqarisida davom etdi[8]. Vengriyaliklar ham yopiq eshiklar ortida oʻyin oʻtkazish qaroridan norozi boʻlishdi va ularning muxlislari baribir oʻyinga borishini va BFI ga qarshi norozilikka qoʻshilishini eʼlon qilishdi[9].
2024-yil 17-mart kuni Georgi Ivanov prezident etib saylandi. Saylov, uning natijalari haqqoniyligiga oid koʻplab bahs-munozaralar va shubhalar ostida oʻtkazildi.
Prezidentlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Prezident | Lavozimdagi yillar |
|---|---|
| Pavel Grozdanov | 1923–1933 |
| Svetan Genov | 1933–1934 |
| Ivan Batandzhiev | 1934–1939 |
| Lyubomir Sokerov | 1940–1942 |
| Docho Hristov | 1942–1944 |
| Georgi Stoyanov | 1946–1948 |
| Isaac Catalan | 1948 |
| Ivan Nikolov | 1948–1949 |
| Mladen Nikolov | 1949–1951 |
| Petar Kolarov | 1951–1952 |
| Stefan Petrov | 1952–1959 |
| Lachezar Avramov | 1959–1961 |
| Kiril Nesterov | 1961–1962 |
| Nedyalko Donski | 1962–1970 |
| Danail Nikolov | 1970–1975 |
| Ivan Nikolov | 1975–1979 |
| Krum Vasilchev | 1979–1982 |
| Dimitar Nikolov | 1982–1984 |
| Ivan Shpatov | 1984–1986 |
| Andon Traykov | 1986–1990 |
| Slavcho Tapavicharov | 1990–1991 |
| Dimitar Largov | 1991–1993 |
| Valentin Mihov | 1993–1994 |
| Hristo Danov | 1994–1995 |
| Ivan Slavkov | 1995–2005 |
| Borislav Mihaylov | 2005–2019 |
| Mihail Kasabov (vaqtincha) | 2019–2021 |
| Borislav Mihaylov | 2021–2023 |
| Mihail Kasabov (vaqtincha) | 2023–2024 |
| Emil Kostadinov (vaqtincha) | 2024 |
| Georgi Ivanov | 2024– |
Musobaqalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ittifoq quyidagi musobaqalarni tashkillashtiradi:
Erkaklar futboli
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Birinchi liga
- Ikkinchi liga
- Uchinchi liga
- Hududiy guruhlar
- Bolgariya kubogi
- Bolgariya Superkubogi
- AFL kubogi (havaskorlar)
Yoshlar futboli
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Elita ligasi – akademiya jamoalari uchun moʻljallangan birinchi darajali liga boʻlib, uchta yosh toifasini oʻz ichiga oladi: 17 yoshgacha, 16 yoshgacha va 15 yoshgacha boʻlgan jamoalar.
Ayollar futboli
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bolgariya ayollar ligasi
- Bolgariya ayollar kubogi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Boyko Borisov prizova Borislav Mixaylov da podade ostavka kato prezident na BFS
- ↑ Ofitsialno: Borislav Mixaylov podade ostavka!
- ↑ Ofitsialno: Izdignaxa Borislav Mixaylov za prezident na BFS
- ↑ Kongresʼt na BFS: Mixaylov ostava prezident, Berbatov щe osporva
- ↑ Sʼd otxvʼrli dve ot jalbite na opozitsiyata sreщu Borislav Mixaylov
- ↑ Fenovete se obedinyavat na protest sreщu Borislav Mixaylov i sie
- ↑ Fenskiyat protest stresna BFS: Premestixa Bʼlgariya – Ungariya v Plovdiv. Machʼt e bez publika
- ↑ BFS fintira fenovete, te otvʼrnaxa: Protestʼt щe e v Plovdiv
- ↑ I ungarsite protestirat sreщu Bobi M. i BFS
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (bolgarcha)
- Bolgariya FIFA vebsaytida
- Bolgariya UEFA vebsaytida