VIRAL: Bog%CA%BBlov | Tech News Today
Bogʻlov — singan, chiqqan, lat yegan, tirnalgan, yorilgan, jarohatlangan aʼzolarni ifloslanish va boshqa taʼsirlardan saqlash, shuningdek gavdaning biror qismini qimirlamaydigan qilib qoʻyish va bosib turish uchun qoʻllaniladigan vosita. Bogʻlovlar qattiq va yumshoq hamda oddiy va murakkab boʻladi. Mahkamlovchi, bosuvchi, taxtakachlovchi (qarang Immobilizatsiya), qotiruvchi (qarang Gips bogʻlov) va shina bogʻlovlar bor. Mahkamlovchi bogʻlovning plastirli, yelimli va bintli turi koʻp ishlatiladi. Bogʻlovlar boshoqsimon, sakkizsimon, spiralsimon va hokazo shaklda boʻladi. Ular jarohatni toza saqlash, yara seli va yiringni shimish, shikastlangan toʻqimaga shifobaxsh taʼsir koʻrsatish, infeksiyaga qarshi kurashish maqsadida ishlatiladi. Bogʻlov tayyorlashda turli bogʻlov materiallaridan foydalaniladi. Dokadan salfetka, bint va tamponlar tayyorlanadi. Yaraga bevosita bogʻlanadigan bogʻlov materiallari sterillangan boʻlishi lozim (qarang Antiseptika, Aseptika). Gigroskopik boʻlmagan paxtani isituvchi kompresslarda ishlatish, shina ostiga qoʻyish yoki gips bogʻlovda qoʻllash mumkin. Sterillangan va sterillanmagan bogʻlov materiallari: salfetka, bint, paxta oʻrami, bogʻlov paketa va boshqa dorixonalarda sotiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Bogʻlov" OʻzME. B-harfi (Wayback Machine saytida 2019-12-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |