JUST IN: Birmingem - The Verge Report

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Birmingem (Birmingham) – Buyuk Britaniyadagi shahar. WestMidlends metropoliten grafligining maʼmuriy markazi (Markaziy Angliya). Aholisi 2,3 mln. kishi (1992, shahar atrofi bilan). Birmingem birinchi marta 11-asrga oid tarixiy manbalarda tilga olingan. XIII asrda uzining yarmarkalari bilan shuhrat qozongan. XVI asrda metalldan ishlangan buyumlari bilan mashhur boʻlgan. XX asr boshida harbiy zavodlar kurila boshlandi. Ikkinchi jahon urushi davrida shaharga ancha zarar yetgan. Birmingem sanoat shahri, muhim transport tuguni. Gʻarbiy Midlend iqtisodiy rayonining markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, jumladan avtomobilsozlik, metallsozlik, kimyo (asosan shina va plastmassa), elektrotexnika („Jeneral elektrik“), rezina va harbiy sanoat. Poligrafiya, rangli metallurgiya sanoati korxonalari ham bor. Zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Meʼmoriy yodgorliklaridan gotika uslubida qurilgan SentMartin cherkovi (XIII asr), ratusha (1832-1852), SentChed sobori (1839—1841) va boshqa saqlangan. Universitet (1900-yildan), texnika kollejlari, shahar muzeyi, rasmlar galereyasi, nafis sanʼat instituti galereyasi bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil