URGENT: Bharata - The Verge Report
Bharata — qadimgi Hindistondagi oriylar qabilasi. Kuru qabilalar ittifoqiga kirgan hamda panchallar bilan birlashib Hindistonda dastlabki yirik davlat barpo etganlar (taxminan miloddan avvalgi 7-asr). „Bharata avlodlari“ Kauravlar va Pandavlar haqidagi rivoyatlar hind eposi „Mahabharata“ asosini tashkil qilgan. Bharata hududining nomi — Bharatavarsha (Jamna va Satlej daryolari oraligʻi) nomi bilan qadimda koʻpincha butun Hindiston hududi tushunilgan. Hindiston Respublikasining hozirgi rasmiy nomi, hindi tilidagi Bharat mana shundan olingan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |