JUST IN: Behzod To%CA%BBxtamurodov | Breaking Tech News

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Behzod Toir oʻgʻli Toʻxtamurodov
Technology news and reviews image
Technology news and reviews image
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi
Mansab davri
2022-yil 8-maydan – 2024-yil 27-dekabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Mohistara Muhammadyunusova
Vorisi Laylo Aslonova[1]
Senat raisi Tanzila Norboyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-iyul 1996-yil (1996-07-02) (29 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Mukofotlari Technology news and reviews image

Behzod Toir oʻgʻli Toʻxtamurodov (Беҳзод Тоир ўғли Тўхтамуродов) – oʻzbekistonlik texnolog, davlat va jamoat arbobi. 2022-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi.

2018-yilda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining „Mexanika“ fakulteti bakalavr bosqichini, 2020-yilda shu fakultet magistratura bosqichini tamomlagan.

20182020-yillarda Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazining Mashinasozlik va materialshunoslik laboratoriyasida faoliyat yuritgan.

2020-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktorining tijoratlashtirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2019-yil dekabrda „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasidan Toshkent shahar kengashiga deputat etib saylandi[2].

2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzosi etib saylangan[3]. 2022-yil 8-may kuni Yoshlar parlamenti raisi etib saylandi[4].

2024-yil 27-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasiga yagona saylov okrugi boʻyicha deputat etib saylandi. Ayni paytda innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining aʼzosi[5].

2015-yilda texnologik sohalarda faoliyat yurituvchi „InnoGroup“ startap loyihasini boshlagan. Jamoa 3D-printerlarni ishlab chiqarish, 3D-laboratoriya xizmatlarini koʻrsatish va polimerni eritish usulidan foydalangan holda 3D-printerlar uchun filoment ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. 3D modellashtirish, dizayn, marketing, ishlab chiqish va boshqa sohalardagi mutaxassislardan iborat[6].

2018-yilda „StartUp tashabbusi“ yoshlar startup loyihalarini qoʻllab-quvvatlash Respublika dasturida birinchi, Belarus Respublikasi muhandislik va texnologiya universitetlarining VIII forumida ikkinchi oʻrinni olgan. 2019-yil „StartUp tashabbusi“ yoshlar startup-loyihalarini qoʻllab-quvvatlash Respublika dasturida va Belarus Respublikasida boʻlib oʻtgan IX muhandislik va texnologiya universitetlari forumida birinchi oʻrinni olgan[7].

„UzDelta“ 3D-printer loyihasini ishlab chiqqanligi uchun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan 1 milliard soʻm ajratilgan[8][9][10].

2019-yilda Shuhrat medali bilan taqdirlangan[11].

  1. Yoshlar parlamentiga rais va unga ikki o‘rinbosar saylandi
  2. „Deptatimiz Yoshlar parlamenti raisi boʻldi“. Adolat sotsial-demokratik partiyasi.
  3. „Танзила Норбоева мамлакат Ёшлар парламенти билан учрашув ўтказди“. Plov. 2023-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-fevral.
  4. „Ёшлар парламенти раиси ўзгарди“. Yuz.uz. 2023-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-fevral.
  5. Toʻxtamurodov Behzod Toir oʻgʻli
  6. „3D моделлаштириш, рoбототехника ва нанотехнологиялар — Олмазордаги IT мактабдан репортаж“. Kun.uz.
  7. „Ilmiy loyihalarni tijoratlashtirish bo'yicha direktor o'rinbosari“. Yoshlar innovatsiya markazi. 2023-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-fevral.
  8. „Шавкат Мирзиёев талабага лойиҳасини амалга ошириш учун зарур маблағни ажратиш бўйича кўрсатма берди“. Gazeta.uz.
  9. „Prezident ToshDTU talabasining loyihasi uchun 1 mlrd so‘m ajratishga ko‘rsatma berdi“. Qalampir.uz.
  10. YouTube logotipi Behzod To‘xtamurodov prezidentga bergan va’dasini qanday bajaryapti? YouTubeda
  11. „Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг йигирма саккиз йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият ва санъат соҳалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“. Xalq soʻzi. 2023-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-fevral.