REVEALED: Bar Refaeli | Tech News Today
| Bar Refaeli | |
|---|---|
|
Refaeli 2019-yilda | |
| Tavalludi |
4-iyun 1985-yil |
| Fuqaroligi | Isroil |
| Kasbi |
|
| Turmush oʻrtogʻi |
Arik Weinstein (turm. 2003; ajr. 2005) Adi Ezra (turm. 2015) |
| Bolalari | 3 |
| Otasi | Rafi Refaeli |
| Onasi | Zipi Refaeli[1] |
| Modellik | |
| Boʻyi | 1.75 m (5 ft 9 in)[2] |
| Soch rangi | oq sariq[2] |
| Koʻz rangi | koʻk[2] |
| Agentlik |
Roʻyxat
|
Bar Refaeli (ibroniycha: בר רפאלי; 1985-yil 4-iyunda tugʻilgan) – isroillik model, aktrisa va tadbirkor ayol. Xalqaro darajada katta muvaffaqiyat qozongan isroillik mashhur modellardan biri boʻlib, 2009-yilda Sports Illustrated Swimsuit Issue jurnali muqovasida uning surati paydo boʻlgan. 2012-yilda Maxim jurnalining „Hot 100“ roʻyxatida 1-oʻrinni egallagan. Teleboshlovchi sifatida 2013-yildan beri The X Factor Israel shousini olib bormoqda. 2019-yilda boshlovchi sifatida Tel-Avivda boʻlib oʻtgan Eurovision qoʻshiq tanlovini ham olib borgan[14][15][16].
2015-yilda uning boyligi 20 million AQSh dollari deb baholangan. 2013-yilda Forbes Israel jurnali maʼlumotiga koʻra, Refaeli Isroildagi eng koʻp haq oladigan model boʻlgan[17].
Yoshlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Refaeli Isroilning Hod HaSharon shahrida dunyoga kelgan va yahudiylar oilasida ulgʻaygan[18]. Ibroniy tilida uning ismi „yovvoyi“ (tabiat, yovvoyi tabiat maʼnosida), familiyasi soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „Xudoyim shifo beradi“ degan maʼnoni anglatib, Injildagi farishta Raphael nomidan kelib chiqqan[19]. Uning ota-onasi ham Isroilda tugʻilgan, bobosi va buvilari esa Italiya, Litva va Polshadan koʻchib kelgan yahudiy muhojirlar edi[18]. Otasi Refael „Rafi“ Refaeli ilgari otxona egasi boʻlgan, onasi esa 1970-yillarda oʻzining qizlik familiyasi Tzipora „Tzipi“ Levine nomi ostida modellik bilan shugʻullangan[20]. Refaelining ikki ukasi boʻlib, On Refaeli aktyor va model, Dor Refaeli esa tadbirkorlik bilan shugʻullanadi[21][22]. Shuningdek, onasining birinchi turmushidan Nil Ben-Porat ismli oʻgay akasi ham bor[23].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Refaeli sakkiz oyligidan modellik faoliyatini boshlagan va ilk bor reklamalarda paydo boʻlgan. 12 yoshida tishini tekislatish jarayoni tufayli uning modellik faoliyati toʻxtab qolgan, biroq 15 yoshida yana bu faoliyatiga qaytgan. 2000-yilda Isroil moda mukofotlari marosimida Refaeli „Yil modeli“ unvoniga sazovor boʻlgan[24][25]. U Castro va Pilpel moda brendlarining reklama koʻrgazmalarida faol qatnashgan.
Refaeli Chanel, Escada, Ralph Lauren, Desigual, Andrew Marc, Victoria’s Secret, Marks and Spencer, Gap, Moët & Chandon, Hurley, Rampage, True Religion, Lucky Brand, Accessorize, Passionata, Fox, Reebok, Sears, Arrow, Besni, Marco Bicego va Agua Bendita brendlarining reklama kampaniyalarida ishtirok etgan. Shuningdek, u moda bilan bogʻliq boʻlmagan brendlar, jumladan, Garnier Fructis, Samsung va Subaru reklama kampaniyalarida ham suratga tushgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Bar Refaeli“. Model Management.
- ↑ „BAR REFAELI | New York | Women | ONE Management“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „BAR REFAELI | Chicago | Women | ONE Management“. 2024-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 30-sentyabr.
- ↑ „BAR REFAELI | Los Angeles | Women | ONE Management“. 2024-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 30-sentyabr.
- ↑ „BAR REFAELI“. 2017-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-oktyabr.
- ↑ „MP MANAGEMENT MILANO - Bar Refaeli“. mpmanagement.com. 2018-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-oktyabr.
- ↑ mediaslide.com „Bar Refaeli - Premier Model Management“. Qaraldi: 2017-yil 18-oktyabr.
- ↑ mediaslide.com „Bar Refaeli - Uno models Barcelona & Madrid“. 2017-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-oktyabr.
- ↑ „scoopmodels.com: Bar Refaeli“. scoopmodels.com. 2017-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-oktyabr.
- ↑ „BAR REFAELI - Model Management“. model-management.de. Qaraldi: 2017-yil 18-oktyabr.
- ↑ „PARS Management - BAR REFAELI“. pars-management.com. 2020-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Bar R - Stockholmsgruppen“. stockholmsgruppen.com. Qaraldi: 2017-yil 18-oktyabr.
- ↑ Caspi. „Supermodel Bar Refaeli to Host 'X Factor' Israel“. The Hollywood Reporter (2013-yil 27-may). Qaraldi: 2013-yil 24-noyabr.
- ↑ Zwart. „Bar Refaeli, Erez Tal, Assi Azar & Lucy Ayoub to host Eurovision 2019!“. eurovision.tv (2019-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 25-yanvar.
- ↑ „Meet the Eurovision 2019 hosts: Bar Refaeli, Erez Tal, Assi Azar and Lucy Ayoub“. wiwibloggs.com (2019-yil 25-yanvar). 2020-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-yanvar.
- ↑ „הדוגמניות המרוויחות ביותר בישראל“ (he). Forbes Israel (2013-yil iyun). 2015-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-iyul.
- ↑ 18,0 18,1 „Isn't it better to live in New York? An Israeli Supermodel Speak“. InterfaithFamily.com (2014-yil 6-sentyabr). 2014-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
- ↑ „Word of the Day / Bar: Where the wild things are“ (en). Haaretz. Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
- ↑ Burstein. „The 'uncomfortable' role model“. The Jerusalem Post (2007-yil 9-oktyabr). 2012-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-mart.
- ↑ Yaron. „Bar Rafaeli's Brother Lashes Out at Critics of His Anonymous Messaging App“. Haaretz (2018-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
- ↑ Brown. „Israeli tween movie 'Full Speed' enters cinemas despite COVID-19 setbacks“. The Jerusalem Post (2021-yil 12-avgust). Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
- ↑ „בעלה לשעבר של ציפי רפאלי: "רשות המסים צריכה לשלם לבר רפאלי על הפרסום"“ (2016-yil 31-yanvar).
- ↑ „Pop Culture Q&A“. Sports Illustrated. 7 March 2011. 17 February 2007da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16 March 2011.
- ↑ „Bar Refaeli Model Profile“. 2021-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bar Refaeli IMDbda
- Bar Refaeli Facebook sahifasi