SHOCKING: Bangu | Breaking Tech News

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bangu
Technology news and reviews image
Boshqa nomlari Bangu, danpigu, pilor

Bangu (xitoycha: 板鼓; pinyin: bǎngǔ; Danpigu (xitoycha: 单皮鼓) yoki pilor deb ham ataladi) — membranali urib chalinadigan kichik barabanlar turkumiga kiradigan Xitoy xalq musiqa asbobi.

Banguning doira shaklidagi tanasi odatda olti qism yogʻochdan yigʻiladi. Usti buzoq yoki choʻchqa terisi bilan qoplanadi. Uning diametri taxminan 250–300 mm., balandligi esa 95 mm. atrofida boʻladi. U Xitoy anʼanaviy teatr sanʼati va opera sahnalarida keng qoʻllanadi. Odatda dirijyorning oʻzi chaladi, chunki u orkestr hamda raqqosalarga aniq ritm va urgʻu beradi. Banguni chalayotganda bambukdan yasalgan ikki dona ingichka tayoqcha ishlatiladi[1].

  1. Akbarov 1997, ss. 31–32.
  • Akbarov, Ilyos. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.