NEW: Baha ad Din Zuhayr - The Verge Report

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Baha ad-Din Zuhayr
arabcha: بهاء الدين زهير
Tavalludi 1186
Vafoti 1258
Misr

Baha ad-Din Zuhayr (arabcha: بهاء الدين زهير‎; 1186 – 1258) – Makkada yoki uning yaqinida tugʻilgan, oʻz davrining eng yaxshi nasr va sheʼr yozuvchisi hamda eng yaxshi xattoti sifatida shuhrat qozongan arab shoiri.

U Mesopotamiyada sulton Malik as-Solih Najmiddin xizmatiga kirgan va sulton xiyonatga uchrab qamalgunga qadar u bilan birga Damashqda boʻlgan. Shundan soʻng Baha ad-Din Nablusga chekingan va Najmiddin qochib qutulib, Misrni qoʻlga kiritguniga qadar u yerda qolgan; 1240-yilda u bilan birga u yerga borgan. U yerda 1258-yilda oʻlat tufayli vafot etguniga qadar sultonning maxfiy kotibi boʻlib qolgan[1].

Uning sheʼrlari asosan oʻzining nafisligi bilan ajralib turuvchi madhiyalardan iborat. Ular ingliz tilidagi vaznli tarjimasi bilan birga E. H. Palmer tomonidan (2 jild, Kembrij, 1877) nashr etilgan[1].

Attributsiya