JUST IN: BYD Seagull | Breaking Tech News
| Seagull | |
|---|---|
|
Shanxay avtosaloni | |
| Asosiy maʼlumotlar | |
| Ishlab chiqaruvchi | BYD Auto |
| Model yili | 2023 |
| Zavod(lar) |
Shenjen, Guandun, XXR |
| Tasnifi | |
| Sinfi | Subixcham avtomobil |
| Segment | B |
| Kuch moslamalari | |
| Dvigateli |
BYD TZ180XSH: 55 kW (74 hp; 75 PS) yoki 75 kW (101 hp) |
| Quvvati |
|
| Oʻlchamlari | |
| Gʻildirak bazasi | 2,500 mm (98.4 in) |
| Uzunligi | 3,780 mm (148.8 in) |
| Kengligi | 1,715 mm (67.5 in) |
| Balandligi | 1,540 mm (60.6 in) |
| Bak hajmi |
|
| Eksteryer | |
| Kuzov turi | hechbek |
| Eshiklar soni | 5 |
| Boshqa maʼlumotlar | |
| Dizayneri | Wolfgang Egger |
| Aloqador avtomobillar | BYD Dolphin |
BYD Seagull — Xitoyning yirik avto ishlab chiqaruvchisi boʻlmish BYD Auto tomonidan ishlab chiqariluvchi B-segmentiga mansub elektromobil. Ushbu avtomobil 2023-yil aprel oyida Shanxay avtosalon koʻrgazmasida namoyish etilgan[1][2].
Sotuvlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avtomobilning Shanxay avtosalonidagi taqdimotidan soʻng, 24 soat ichida ushbu avtomobilni sotib olish uchun oldindan 10 000 dan ortiq buyurtma kelib tushadi. Ishlab chiqaruvchi ushbu modelni pozitsiyalariga koʻra 10200 $ dan to 12 400 $ gacha taklif qilgan. Bu model BYDning 2023-yildagi eng arzon modeli hisoblanadi. BYD 2023-yilning may oyidan bu elektromobildan 23 005 dona sotgan boʻlsa, iyun oyida esa savdo hajmi 60% ga oshib[3] 128 196 ta donani tashkil qilgan. Bu miqdor BYD kompaniyasi tomonidan sotilgan elektromobillarni 18% ni tashkil qilgan.
TK
[tahrir | manbasini tahrirlash]BYD Seagull eldktromobili 3.0 elektron platformasi asosida ishlab chiqarilgan. 5 eshikli 4 oʻrindiqli model, Ocean seriyasiga kiradi. Elektromobilning uzunligi 3780 mm, kengligi 1715 mm va balandligi 1540 mm, gʻildirak bazasi esa 2500 mmni tashkil qiladi.
Galireya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Old yon tomoni
- Orqa hamda yon tomoni
- Shanxay avtosaloni
- Yon tomon
- Old tomoni
- Orqa tomonidan koʻrinishi
- Interiyer
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Представлен первый электромобиль с натрий-ионной АКБ. BYD Seagull оценили всего в 11 400 долларов“ (ru). ixbt.com (18 апреля 2023). Qaraldi: 8-mart.
- ↑ Игорь Владимирский. „Представлен BYD Seagull: самый маленький в гамме“ (ru) (2023). Qaraldi: 8-mart.
- ↑ „Самый дешёвый BYD пользуется всё большей популярностью: продажи BYD Seagull продолжают расти“ (ru). ixbt.com. Qaraldi: 7-mart.