TRENDING: Aziz Said - Complete Analysis

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vikipediyada ismi Aziz boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Aziz Joʻraqulovich Saidov
Technology news and reviews image
Tavalludi 25-sentyabr 1961-yil (1961-09-25) (64 yosh)
Taxallusi Aziz Said
Ijod qilgan tillari Oʻzbekcha
Fuqaroligi Technology news and reviews image O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent Davlat universiteti
Mukofotlari Technology news and reviews image

Aziz Said (asl ismi: Aziz Joʻraqulovich Saidov; 1961-yil 25-sentyabr Denov, Surxondaryo viloyati, O‘zbekiston SSR) — shoir, jurnalist va tarjimon[1][2]. Doʻstlik ordeni sohibi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aziz Said (Saidov) (asli Buxorolik) 1961-yil 25-sentyabrda Denov shahrida tugʻilgan. 1984-yili Toshkent davlat universitetining (hozirgi OʻzMU) jurnalistika fakultetini, 1992-yilda filologiya fakulteti aspiranturasini tugatgan[3].

Oʻrta Osiyo temir yoʻl qurilishi koʻchma stansiyasida yoʻl montyori, Navoiy viloyati Qiziltepa parrandachilik fabrikasida ishchi, „Qizil tong“ gazetasida korrektor, boʻlim boshligʻi, Gʻafur Gʻulom nashriyotida muharrir, „Yosh kuch“ jurnali bosh muharriri oʻrinbosari, „Sinfdosh“ jurnali bosh muharriri, „Jahon adabiyoti“ jurnali masʼul kotibi, „XXI asr texnologiyalari“ jurnali bosh muharriri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining davlat tili boʻyicha maslahatchisi vazifalarida faoliyat koʻrsatgan. Ayni paytda „Sharq yulduzi“ jurnali bosh muharriri oʻrinbosari[4].

Aziz Saidning „Chiltor“ (1987), „Dili qani Bedilning“ (1994), „Fursat darvozasi“ (2011), „Vaqt manzili“ (2021) sheʼriy toʻplamlari, „Gʻoyibdan doʻst bilan suhbatlar“ (2004) adabiy-tanqidiy maqolalar toʻplami nashr etilgan. Sheʼrlari fransuz, turk, ozarbayjon, rus, bolgar, ingliz, tojik, qozoq, venger va hind tillariga tarjima qilinib, turli adabiy-badiiy jurnal va almanaxlarda chop etilgan.

Mashrab, Choʻlpon, Nozim Hikmat haqida qator adabiy-ilmiy tadqiqotlar qilgan.

Tarjimon sifatida Uolt Uitmen (sheʼrlar), Nozim Hikmat (sheʼrlar va „Yusuf va Zulayho“ dramasi), Muin Bsisu (sheʼrlar), Yevgeniy Yevtushenko (sheʼrlar), Yozef Rubak (sheʼrlar), Donat Shayner (sheʼrlar), Pokiston sheʼriyatidan (Josh Malihobodiy, Ahmad Faraz, Vazir Ogʻa, Anis Nagi, Shahzod Ahmad), Rene Aviles Fabila (hikoyalar), Migel de Astiruas (hikoyalar), Tomas Ouen (hikoyalar), Frensis King (hikoyalar), Bertold Brext (adabiy maqolalar), Paulo Koelo („Alkimyogar“, roman), Nikolay Shmelev (hikoyalar), Aleksandr Volkov („Zumrad shahar“, qissa), Yana Vagner („Shogird“, drama), Sergey Mogilsev („Egizaklar“ drama), Vitol Gombrovich („Ivonna, Burgund malikasi“, drama), Marta Kim (sheʼrlar) asarlaridan namunalarni oʻzbek tiliga oʻgirgan[5][6][7].

1987-yildan beri Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

2021-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan.

„Chiltor“ (1987),

„Dili qani Bedilning“ (1994),

„Gʻoyibdan doʻst bilan suhbatlar“ (2004)

„Fursat darvozasi“ (2011),

„Vaqt manzili“ (2021)

Qiziltepa tarixi / Q. Rajabov, R. Maqsudov; maʼsul muharrir S.Inoyatov. — T.: „Muharrir“ nashriyoti, 2011, 301-bet