TECH NEWS: Aydaxo | Tech News Today
| |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Shtat | |||||
| |||||
|
Shtat laqabi: | |||||
| Mamlakat | |||||
| Poytaxt | Boise | ||||
| Eng yirik shaharlar | Boise Nampa Idaho Falls | ||||
| Maydon • Butun |
AQSh: 14-oʻrinda 216,446 km² | ||||
| Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 39-oʻrinda 1,429,096 | ||||
| YIM |
AQSh: 42-oʻrinda $43,571 million | ||||
| Ittifoqqa kirish • Sana |
43-boʻlib 3-iyul 1890 | ||||
| Vaqt | UTC-8 (PST) / -7 (MST) | ||||
| Qisqartma | IA [19] | ||||
| Shtat guli | Mock Orange | ||||
| Shtat daraxti | Western White Pine | ||||
Aydaho — Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Maʼmuriy markazi - Boise shahri. AQSh ittifoqiga 1890-yilning 3-iyulida kirgan, undan oldin - Idaho Territory[1].
Shimoli-gʻarbidagi shtat. Katta qismi togʻlardan ibo-rat. Shimoliy va markazida Qoyali togʻlar, sharqida Kolumbiya platosi, janubida Sneyk daryosi tekisligi bor. Maydoni - 216,4 234ming km². Aholisi - 1,1 mln. kishi (1992), jum-ladan, shahar aholisi 47,5%. Ma’muriy markazi – Boyse shahri 3 mingga yaqin mahalliy xalq – indeyslar bor. Shimoliy qismida konchilik sanoati va rangli me-tallurgiya (qurgʻoshin, pyx), janubiy qismida sugʻoriladigan dehqonchilik (Sneyk daryosi va uning irmoqlari vodiylarida) iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. Sugʻoriladigan ekin maydoni ishlanadigan yerlarning 1/3 qismini band qilgan. Asosiy ekinlari: kartoshka (ekin may-doni jihatidan AQSHda 1-oʻrinda, yalpi hosili jihatidan 2-oʻrinda turadi); qand lavlagi (AQShda qand lavlagining 1Gʻ10 qismi), bugʻdoy va yem-xashak ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik, yaylov chorvachiligi rivojlangan. Aydaxo tovar mahsulotining yarmiga yaqinini chorvachilik beradi. A.da kumush, rux va qoʻrgʻoshin qazib chiqariladi. Fosforit zaxirasi katta. Ishlab beruvchi sanoatda asosiy tarmoqlari – rangli metallurgiya (Kellogg), oziq-ovqat sanoati, oʻrmonchilik. Shtatning markaziy qismida atom ener-giyasi sohasida ilmiy ish olib boradigan yirik markaz bor. Turizm (Quyosh vodiysi va boshqalar) rivojlangan, kurort koʻp. Ameri-kani gʻarbdan sharqqa kesib oʻtadigan 2 ta temir yoʻl magistrali A.dan oʻtadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Aydaxo“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
| AQSh geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |