JUST IN: Aurelia Bouchez | Breaking Tech News
| Aurelia Bouchez | |
|---|---|
|
2010-yilda | |
| Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi | |
|
Mansab davri 2021-yildan – 2025-yilgacha | |
| Prezident | Emmanuel Macron |
| Oʻtmishdoshi | Isabelle Servoz-Gallucci |
| Vorisi | Walid Fouque |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
20-yanvar 1960-yil Parij |
| Mukofotlari |
|
Aurelia Bouchez (talaffuzi: Oreliya Bushez, 1960-yil 20-yanvarda tugʻilgan) – fransiyalik diplomat. 2011-yildan 2015-yilgacha Yevropa Ittifoqining Qozogʻistondagi elchisi, 2015-yildan 2021-yilgacha Ozarbayjondagi elchisi boʻlgan[1].
2021-yilda Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlandi[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Parij siyosiy tadqiqotlar institutini bitirgan.
1984-yilda Parij shahri meriyasida oʻz faoliyatini boshladi.
1989-yildan 1993-yilgacha Fransiya tashqi ishlar vazirligi Yevropa ishlari boshqarmasi kotibi.
1993-yildan 1995-yilgacha Fransiyaning Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotidagi doimiy vakolatxonasida siyosiy maslahatchi, keyinchalik Birlashgan Millatlar tashkilotida missiya rahbari.
1999-2003-yillarda Fransiyaning Moskvadagi elchixonasida siyosiy maslahatchi.
2003-2007 – Fransiya tashqi ishlar vazirligi Yevropa ishlari boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
2007-2011 – Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti bosh kotibi oʻrinbosari.
2011-2015 – Fransiyaning Ozarbayjondagi elchisi.
2015-2019 – Fransiyaning Qozogʻistondagi elchisi.
2019-2021 – Bretan viloyati prefektida maslahatchi.
2021-yil oktyabrdan 2025-yil avgustgacha Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi.
2025-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „French envoy Aurelia Bouchez completes her diplomatic term in Azerbaijan“. Vestnik Kavkaza. Qaraldi: 2021-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Aurelia Bouchez becomes new French Ambassador“. The Tashkent Times (2021-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
- ↑ „Oreliya Bushez xonimni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida“.
- 20-yanvarda tugʻilganlar
- 1960-yilda tugʻilganlar
- Parijda tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Fransiyaning Ozarbayjondagi elchilari
- Fransiya ayol elchilari
- Yevropa Ittifoqining Ozarbayjondagi elchilari
- Yashayotgan insonlar
- Yevropa Ittifoqining Qozogʻistondagi elchilari
- Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchilari