URGENT: Asotirlar va rivoyatlar - The Verge Report

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Asotirlar va rivoyatlar
Muallif(lar) Malik Murodov, Muharram Shayxova (toʻplab, nashrga tayyorlovchilar)
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i asotirlar va rivoyatlar
Nashr etilgan sanasi 1990
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Sahifalar soni 128
ISBN ISBN 5-633-00443-4 (1-kitob)

Asotirlar va rivoyatlar“ — oʻzbek xalq asotirlari va rivoyatlari toʻplami. Toʻplamni professor Malik Murodov[1] hamda Muharram Shayxova tuzgan va nashrga tayyorlagan. Kitob 1990-yil chop etilgan. „Asotirlar va rivoyatlar“ oʻzbekcha asotirlar bilan rivoyatlarni oʻziga jamlagan ilk alohida asar boʻlib, oʻzbek folkloriga bagʻishlangan asarlarda keng qoʻllanadi. Toʻplam „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan boʻlib, bolalar orasida xalq ijodiga qiziqishni kuchaytirishni koʻzlagan[2].

Toʻplamga kiritilgan asotirlar va rivoyatlar M. Rizayev, Tojixon opa, U. Hasanov, M. Ziyodulla oʻgʻli, B. Xudoybergan qizi, M. Olloberganov, Qodir baxshi, Eshmurod baxshi, X. Umarov, Ahamadali ota, N. Qurbonnazarov, S. Qoraboyev, A. Saparov, I. Qodirov, A. Ahmedov, Q. Ahmad oʻgʻli, Bozorboy, N. Saidmurod Panoh oʻgʻli, T. Boboxonov, Yusuf baxshi, N. Abdullayev, A. Rahimov, Y. Zokirova, A. Haqqul oʻgʻli, B. Ziyodov, T. Boboxonov, A. Karimovlar tomonidan aytilib, Malik Murodov tomonidan yozib olingan. Ayrim asotir va rivoyatlar K. Imomov, Maqsud Shayxzoda. S. Tolstovning kitoblari va „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“dan, ayrimlari esa B. Murodov va S. Umarov toʻplagan materiallardan olingan.

  1. Тўлабоев, Олим; Жўраев, Маматқул; Каримов, Баҳодир; Абдиев, Ҳабиб; Саидов, Иброҳим. XX аср узбек фольклоршунослиги. Антология. Тошкент: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017 — 218-bet. ISBN 978-9943-07-566-5. Qaraldi: 3-aprel 2025-yil. 
  2. Муродов, М.; Салимов; Исҳоқов, М. (1994). „Кутубхонада болалар билан ишлаш тажрибасидан“ (PDF). Маданият ва маънавият муаммолари. 42–48-bet. 2024-08-13da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 3-aprel 2025-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()