JUST IN: As Solih Ismoil al Malik - The Verge Report
| As-Solih Ismoil al-Malik | |
|---|---|
| Amir | |
|
As-Solih tangasi, Halab. Hijriy 571-yilda zarb qilingan (milodiy 1175—1176) | |
| Halab va Damashqning Zangiy amiri | |
| Saltanat | 1174 (bir necha oy) |
| Oʻtmishdoshi | Nuriddin |
| Davomchisi | Salohuddin (Ayyubiy sulton) |
| Tugʻilishi | 1163 |
| Vafoti | 1181 (yoshi 17–18) |
| Arabcha | الصالح إسماعيل |
| Uy | Zangiylar |
| Otasi | Nuriddin |
| Dini | Islom (sunniylik) |
Abulfath Ismoil ibn Nuriddin Mahmud ibn Imodiddin ibn Oq Sunqur az-Zangiy (arabcha: أبو الفتوح إسماعيل بن نور الدين محمود بن عماد الدين بن آق سنقر الزنكي) yoki as-Solih Ismoil al-Malik (arabcha: الصالح إسماعيل) (1163–1181) – Zangiylar sulolasiga mansub hukmdor, 1174-yilda Damashq amiri va Halab amiri. Nuriddin Mahmud ibn Zangining oʻgʻli.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1174-yilda otasi vafot etgan paytda atigi 11 yoshda edi. Shundan soʻng as-Solihni xojasaroy Gümüshtekin himoyasiga olgan va Halabga olib ketilgan. Shu orada Nuriddinning amaldorlari hokimiyat uchun kurash olib borgan. Misrda Salohuddin as-Solihni oʻz hukmdori sifatida tan olgan boʻlsa-da, amalda Misr va Suriyani oʻz shaxsiy hokimiyati ostida birlashtirishga intilgan[manba kerak]. 1174-yilda Salohiddin 4 oy davom etgan qamaldan soʻng Baʼlabakni egallagan[1] va shundan keyin Damashqga kirib, oʻzini Ismoilning haqiqiy regenti deb eʼlon qilgan. 1176-yilda Salohuddin shahar tashqarisida Zangiylarni magʻlub etib, Ismatiddin Xotunga uylangan va Suriya hukmdori sifatida tan olingan. As-Solih 1181-yilda kasallik tufayli vafot etgan. Uning oʻlimidan soʻng Salohuddin Halabni oʻz nazoratiga olib, uni kengayib borayotgan Ayyubiylar sultonligi tarkibiga qoʻshgan[2][3]. Salibchilar rivoyatlariga koʻra, uning onasi Tuluza grafi Bertranning singlisi boʻlgan Roziya Xotun boʻlib, uni Ikkinchi salib yurishidan keyin Nuriddin asir olgan. Shunga oʻxshash rivoyat as-Solihning bobosi Zangiyning onasi haqida ham mavjud[2][3][4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ EI (1913), s. 543.
- ↑ 2,0 2,1 „Zangids“ (Arabic). islamiccoins.ancients.info.
- ↑ 3,0 3,1 The Damascus Chronicle of the Crusades, Extracted and Translated from the Chronicle of Ibn al-Qalanisi. H. A. R. Gibb, 1932 (reprint, Dover Publications, 2002)
- ↑ The Crusades, The Authoritative History of the War for the Holy Land, Thomas Asbridge, 2010
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Baalbek“, Encyclopaedia of Islam: A Dictionary of the Geography, Ethnography, and Biography of the Muhammadan Peoples, 1st ed., Vol. I, Leiden: E. J. Brill, 1913, 543–544-bet, ISBN 9004082654
{{citation}}: no-break space character in|publisher=at position 3 (yordam).
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |