TRENDING: Artel (shirkat) - Full Coverage

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Artel savdo belgisi
Technology news and reviews image
Turi kompaniya
Tarmogʻi Maishiy texnika, Elektronika
Egasi Jahongir Ortiqxoʻjayev
Status Amalda
Shiori Ishonchli va barakali
Qachon asos solingan 11-aprel, 2011-yil (14 yil avval) (2011-04-11)
Joylashuvi Toshkent shahri, Taraqqiyot koʻchasi, 2-uy
Hududiy xizmati Osiyo mamlakatlari
Asoschi(lari) Jahongir Ortiqxoʻjayev
Direktori Murod Xudayqulov
Boshqaruv raisi Dilmurod Gaipov
Ishchilar soni 10000+
Shoʻba korxonalari Techno Continental
Quality Device
Next Generation Product
Quality Electronics
Future Industry Systems
Trust Electronics
Prime Electric Engineering
Smart Communications
Cyberspace Development Centre
New Profi Technology
Eco Device
Bukhara Next Generation Products
Vebsayti artelgroup.org
Map

Artel – Oʻzbekistondagi maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi kompaniya[1].

Artel soʻzi inglizcha Art (sanʼat) va electronics (elektronika) soʻzlarining bosh harflari birikmasidan hosil boʻlib, "elektronikadagi sanʼat" maʼnosini anglatadi[2].

Kompaniya maishiy texnika, butlovchi qismlar, maishiy elektronika ishlab chiqarish va sotishdan keyingi xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi. Artel brendi ostida ham, Shivaki, Avalon, Vesta va Royal brendlari ostida ham mahsulotlarni taklif etadi. Samsung va Viessmann kompaniyalarining Oʻzbekistondagi rasmiy mintaqaviy hamkori hisoblanadi. Mahsulotlar Oʻzbekiston bozoriga ham, boshqa mamlakatlarga ham yetkazib berilmoqda[3][4].

Kompaniyaning 10000 nafar xodimi, Oʻzbekistonning olti viloyatida 20 ga yaqin ishlab chiqarish obyektlari mavjud. Kompaniyaning yillik daromadi qariyb 450 million AQSh dollarini tashkil etadi[5][6][7][8][6].

Artel Electronics kompaniyasining tarixi 2011-yilda, oʻz brendi ostida maishiy texnika ishlab chiqarishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda boshlangan. „Oʻzeltexsanoat“ aksiyadorlik jamiyati yordamida turli xil ixtisoslashtirilgan korxonalar, shu jumladan xorijiy investorlar bilan qoʻshma korxonalar tashkil etildi. Midea Group, Samsung, brendlari bilan strategik hamkorlik shartnomalari imzolandi. Artel brendi ostida gaz plitalari ishlab chiqarish Toshkentdagi Eko elektron, Samsung brendi ostidagi mikrotoʻlqinli pechlar va konditsionerlar Neo Sun Light SP ishlab chiqarish maydonchalarida yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, 2011-yilda Nukusdagi White Machine Technology Oʻzbekiston-Britaniya qoʻshma korxonasida Samsung changyutgichlar ishlab chiqarish texnologik liniyasi tashkil etildi.

2012-yilda kompaniya yarim avtomatik kir yuvish mashinalari, televizorlar va muzlatgichlar ishlab chiqarishni boshladi. Qurilmalar uchinchi tomon komponentlaridan yigʻilgan, kompaniya mahalliylashtirish darajasining oshishini koʻrsatdi. Shu yili Artel oʻz brendi ostida smartfonlar ishlab chiqarishni boshladi.

2014-yilda Artel Bektemir tumanidagi sobiq Toshkent motor zavodining boʻsh turgan xonalarini rekonstruksiya qilish orqali ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirgan. Bosma platalarini ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi va Shivaki brendi ostida mahsulotlar ishlab chiqarish boshlandi.

2015-yilda Google vakillari oʻzlarining Android One telefonlari qatorini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun Artelni tanladilar. Shu yili birinchi smartfon taqdim etildi. 2021-yilda Android One ishlab chiqarilishi toʻxtatildi.

2021-yil iyun oyida Artel Fitch Ratings xalqaro agentligi tomonidan „barqaror“ kredit reytingini oldi. Fitch Ratings, „katta uchlik“ xalqaro kredit agentliklaridan biri „Artelning ichki bozordagi yetakchi mavqeini“ taʼkidladi va dunyoga mashhur brendlar bilan „muvaffaqiyatli va uzoq muddatli hamkorlikni“ yuqori baholadi.

2022-yil iyun oyida Artel Toshkent fond birjasida korporativ obligatsiyalar chiqargan birinchi xususiy ishlab chiqarish kompaniyasi boʻldi. Kompaniyaning debyut nashri muvaffaqiyatli oʻtdi va chiqarilgan obligatsiyalar toʻliq joylashtirildi.

kelib, 2017-yildan 2022-yilga qadar Artel oʻz mahsulotlarini 13 mamlakatga eksport qildi. Eksportning asosiy ulushi Markaziy Osiyo mamlakatlariga toʻgʻri keldi. Shunday qilib, Qozogʻistonda Artelning kir yuvish mashinalari bozoridagi ulushi 80,2% gacha, Qirgʻizistonda 30% gacha, Tojikistonda 42% gacha oʻsdi. Oshxona pechkalari bozorida Artelning Qozogʻistondagi ulushi 46,8% ga yetdi.

2024-yil avgust oyida Fitch Ratings agentligi Artel Electronicsning kredit reytingini „ijobiy“ darajasiga koʻtardi.

Ijtimoiy faollik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jizzax viloyatidagi qishloqlardan birini ichimlik suvi bilan taʼminlash choralarini koʻrdi[9]. BMTning har yili oʻtkaziladigan „gender zoʻravonligiga qarshi 16 kunlik faollik“ xalqaro kampaniyasini va kompaniya xodimlari oʻrtasida boshqa tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlab, ayollar va qizlar huquqlarini himoya qilish gʻoyasini faol ravishda ilgari surmoqda[10]. 2017-yilda xususiy maktab ochildi[11].

2021-yilda Artel kompaniyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining global shartnomasiga qoʻshildi va 2022-yil oktyabr oyida BMT bilan hamkorlikda Oʻzbekistondagi birinchi „biznesni barqaror rivojlantirish uchun“ tadbirining tashkilotchisi boʻldi.

2024-yil 28-fevral kuni Artel kompaniyasi 2026-yilning oxirigacha futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasining titul homiysi boʻlishini eʼlon qildi[12][13].

  1. „Information about foundation of Artel Company“//Informatsiya ob osnovanii kompanii
  2. Ro‘zioxunov, Alisher „Narx, monopoliya va rejalar. Artel bosh direktori bilan eksklyuziv suhbat“. Kun.uz (2019-yil 3-iyun). Qaraldi: 2023-yil 28-avgust.
  3. „O kompanii“
  4. „Statistika kompanii“, 6-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 6-dekabr 2016-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  5. „„Uzeltexsanoat itogi goda““. 2016-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  6. 6,0 6,1 „Informatsiya ob sovmestnix predpriyatiyax“
  7. „Zavod v Zaamine“
  8. „Zavod po proizvodstvu monitorov V Zaamine“, 14-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 6-dekabr 2016-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  9. „Human. uz | „Artel“ mahalliy aholini ichimlik suvi bilan taʼminladi Urtakishlaka“. human.uz. 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
  10. Milana Nikolova. „How The private sector helps tackle gender inequality in Uzbekistan“ (en-US). Emerging Europe (2021-yil 16-dekabr). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
  11. „ARTEL TECHNICAL SCHOOL innovatsion maktabi o'z eshiklarini ochdi“ (oz). UzReport.news. Qaraldi: 2025-yil 29-aprel.
  12. „Artel O'zbekiston Professional futbol ligasining titul homiysiga aylandi“.
  13. „Artel 2026 yil yakuniga qarshi superliga tituli homiysiga aylandi“.