BREAKING: Arife Kadriye Sulton - What You Need To Know
| Arife Kadriye Sulton | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Tugʻilishi |
1895-yil 14-mart Yıldız saroyi, Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi (hozirgi Istanbul, Turkiya) | ||||
| Vafoti |
5-aprel 1933-yil (38 yoshda) Nice, Fransiya | ||||
| Turmush oʻrtogʻi |
Fenarizoda Mehmed Rashid (turm. 1914–1933) | ||||
| Farzandlari |
| ||||
| |||||
| Uy | Usmoniylar | ||||
| Otasi | Shahzoda Ibrohim Tavfiq | ||||
| Onasi | Fevziye xonim | ||||
| Dini | Islom, sunniylik | ||||
Arife Kadriye Sulton (usmonli turkcha: عارفه قادریه سلطان; 1895-yil 14-mart — 1933-yil 5-aprel) — Usmoniylar malikasi, Shahzoda Ibrohim Tavfiq va Fevziye xonimning qizi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arife Kadriye Sulton 1895-yil 24-martda Yıldız saroyida tugʻilgan[1][2]. Uning otasi Shahzoda Ibrohim Tavfiq Shahzoda Mehmed Burhoniddin va Mestinaz xonimning oʻgʻli, Usmoniylar sultoni Abdulmajid I ning nabirasi boʻlgan[3]. Onasi esa kelib chiqishi abxazlardan boʻlgan Fevziye xonim edi[4]. Arife Kadriye Shahzoda Ibrohim Tavfiqning eng katta farzandi, Fevziye xonimning yagona farzandi boʻlgan. 3 yoshga toʻlganida onasi vafot etgan[1].
Arife 1914-yil 13-dekabrda Nishontoshi saroyida Fenarizoda Mehmed Rashidga turmushga chiqqan. 1923-yil 6-fevralda Istanbulda qozo Malike Xonimsultonni dunyoga keltirgan. Undan keyin esa 1927-yil 7-dekabrda Fransiyaning Nice shahrida Emire Xonimsulton ismli qizi dunyoga kelgan[1].
1924-yilda Usmoniylar sulolasi aʼzolari quvgʻin qilinganda Arife Kadriye betob boʻlgani sababli sogʻayib olgunicha poytaxtda qolishiga ruxsat berilgan. Sulton Murod V ning qizi Hadicha Sulton ham u bilan bir saroyda yashagan[5]. Sogʻaygach, eri va qizlari bilan Avstriyaga, keyin esa Fransiyaning Nice shahriga ketgan[6]. Arife pianinochi boʻlgan[7] va quvgʻin paytida oilasini boqish uchun pianino chalib pul topgan[7]. U pianino chalish uchun turli asarlar ham bastalagan[8]. Arifening eri esa koʻchalarda gugurt sotgan[5]. Arife Kadriye Fransiyada oʻqish uchun kelgan shveysariyalik ayol Roza Keller bilan doʻstlashgan va ular Arifening vafotiga qadar juda yaqin boʻlib qolishgan[5].
Arife Kadriye 1933-yil 5-aprelda 38 yoshida Nice shahrida sil kasalligidan vafot etib, shu yerda dafn etilgan[1][2][9]. Oʻlimidan avval Rozadan vafotidan keyin farzandlari ona mehridan mosuvo boʻlmasligi uchun uning eri bilan turmush qurishini soʻragan. Uning soʻnggi istagini hurmat qilib, Roza Mehmed Rashidga turmushga chiqqan. Shundan soʻng oila Shveysariyada yashay boshlagan[5].
Farzandlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arife Kadriye ikki qiz farzand koʻrgan[1]:
- Malika Xonimsulton (1923-yil 6-fevral, Istanbul — 2007-yil) Alfred „Freddy“ Giraudyga (1914-1998) turmushga chiqqan. Ularning bir oʻgʻli boʻlgan:
- Pierre Erol Giraudy-Osman (1949-yil 14-dekabrda tugʻilgan) ikki marta uylangan:
- 1980-yil 3-yanvarda Marie Christine Mehouasga uylangan. Ularning bir oʻgʻil va bir qizi boʻlgan:
- Julien Cem Giraudy (1980-yil 11-noyabrda Parijda tugʻilgan)
- Magali Melike Giraudy (1981-yil 10-oktyabrda Fransiyada tugʻilgan)
- 1999-yil 23-oktyabrda Martine Robertga uylangan
- 1980-yil 3-yanvarda Marie Christine Mehouasga uylangan. Ularning bir oʻgʻil va bir qizi boʻlgan:
- Pierre Erol Giraudy-Osman (1949-yil 14-dekabrda tugʻilgan) ikki marta uylangan:
- Emire Xonimsulton (1927-yil 7-dekabr, Nice — 2004-yil 23-may, Nice) 1957-yil 17-yanvarda Nice shahrida Joseph-René Chauvelga turmushga chiqqan. Ularning ikki oʻgʻli va bir qizi boʻlgan:
- Jean-Mare Vely Chauvel (1957-yil 16-oktyabrda Nice shahrida tugʻilgan) 1983-yil 21-sentyabrda Nice shahrida Aline Kovalskiga uylangan. Ularning ikki qizi boʻlgan:
- Delphine Marie Claire Roxane Chauvel (1984-yil 2-aprelda Nice shahrida tugʻilgan)
- Coralie Estelle Emire Chauvel (1988-yil 2-mayda Nice shahrida tugʻilgan)
- Annick Kadriye Chauvel (1959-yil 4-mayda Niceda tugʻilgan) 1987-yil 28-noyabrda Jean Pierre Ghiringhelliga turmushga chiqqan. Ularning ikki oʻgʻli boʻlgan:
- Roland Ghiringhelli (1988-yil 6-mayda Niceda tugʻilgan)
- Gaetan Ghiringhelli (1990-yil 13-noyabrda Niceda tugʻilgan)
- Franck Erol Chauvel (1961-yil 21-noyabrda Niceda tugʻilgan), uning bir oʻgʻli boʻlgan:
- Anthony Daniel Giovanni Chauvel (1998-yil 1-martda Niceda tugʻilgan)
- Jean-Mare Vely Chauvel (1957-yil 16-oktyabrda Nice shahrida tugʻilgan) 1983-yil 21-sentyabrda Nice shahrida Aline Kovalskiga uylangan. Ularning ikki qizi boʻlgan:
Ajdodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Arife Kadriye Sulton | ||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| ||||||||||||||||||||||||||||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Adra, Jamil. Genealogy of the Imperial Ottoman Family 2005, 2005 — 11-bet.
- ↑ 2,0 2,1 „Osmanlı hanedan ailesinin en yaşlı erkek üyesi vefat etti!“ (2020-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
- ↑ Bey, M.S.. Osmanlı devletinde kim kimdi, Küğ yayını. Küğ Yayını, 1969 — 220-bet.
- ↑ Kırpık 2011, s. 182 n. 53.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 „İSVİÇRE'DE MEDFUN MAHZUN BİR OSMANLI..“. gengelisim.com. Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
- ↑ Bardakçı 2017, s. 141.
- ↑ 7,0 7,1 Güzel, Arif (2021-03-30). "XIX. Yüzyılda Piyano ve Osmanlı Kadını". Akademik Tarih ve Düşünce Dergisi 8 (1): 246–261. https://dergipark.org.tr/en/pub/atdd/issue/61336/826206.
- ↑ „Osmanlı'da harem orkestrası: Harem-i-Hümayun“. Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
- ↑ „Bir hanedanın dramı“. Hürriyet (1999-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bardakçı, Murat. Neslishah: The Last Ottoman Princess. Oxford University Press, 2017. ISBN 978-9-774-16837-6.
- Kırpık, Cevdet (2011). "Şehzade Evliliklerinde Değişim" (tr). OTAM (26): 165–192. https://avesis.erciyes.edu.tr/yayin/5026f280-8103-424e-ae49-04eb5f152a83/sehzade-evliliklerinde-degisim.