VIRAL: Arda Turan | Tech News Today

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Arda Turan
Technology news and reviews image
Turan Atlético Madrid tarkibida (2013-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Arda Turan[1]
Tavallud sanasi 30-yanvar 1987-yil (1987-01-30) (39 yosh)[2]
Tavallud joyi Fatih, Istanbul, Turkiya[2]
Boʻyi 1.77 m[3]
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999–2000 Altıntepsi Makelspor
2000–2005 Galatasaray
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005–2011 Galatasaray 130 (29)
2006   Manisaspor 15 (2)
2011–2015 Atlético Madrid 127 (13)
2015–2020 Barcelona 36 (5)
2018–2020   Istanbul Başakşehir 37 (2)
2020–2022 Galatasaray 39 (4)
Total 384 (55)
Milliy terma jamoa
2002 Turkiya U16 10 (2)
2003–2004 Turkiya U17 30 (3)
2003–2005 Turkiya U18 11 (2)
2004–2006 Turkiya U19 17 (6)
2005 Turkiya U20 2 (0)
2006 Turkiya U21 2 (0)
2006–2017 Turkiya 100 (17)
Boshqargan klublari
2023–2025 Eyüpspor
2025– Shaxtyor Donetsk
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Arda Turan (1987-yil 30-yanvarda tugʻilgan) – turkiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, hozirda Ukraina Premer-ligasi klubi „Shaxtyor“ ning bosh murabbiyi.

Turan Ispaniya La Ligasida „Atletiko Madrid“ va „Barselona“ klublari safida olti yil davomida oʻynagan. Futbolchilik faoliyati davomida asosan toʻpni nazorat qilish, dribling qilish va maydonni koʻrish qobiliyati bilan mashhur edi. 2009–10-yilgi mavsumdan avvalida, 22 yoshida „Galatasaroy“ klubi sardori etib tayinlangan.

Arda Turkiya terma jamoasi bilan UEFA Yevro-2008 musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etganidan soʻng, 2008-yil iyul oyida Ispaniyaning Don Balón jurnali tomonidan nashr etilgan „Dunyoning eng yaxshi 100 nafar yosh futbolchisi“ maqolasida sakkizinchi oʻrinni egallagan[4]. Turan 2014-yilda The Guardian nashri tomonidan „Dunyoning eng yaxshi 100 nafar futbolchisi“ roʻyxatida 38-oʻrinni egalladi va roʻyxatdagi Turkiyada tugʻilgan yagona futbolchi boʻlgan[5]. 2014-yil 25-noyabrda Turan boshqa 39 futbolchi qatorida UEFAning 2014-yilgi yil jamoasiga nomzod qilib koʻrsatilgan[6][7].

Turan Turkiya terma jamoasi safida 100 ta oʻyinida maydonga tushgan va 17 ta gol urgan. Arda Turkiyaning barcha davrlardagi terma jamoa tarkibida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilari ichida beshinchi oʻrinda.

  1. „Acta del Partido celebrado el 14 de diciembre de 2014, en Madrid“ [Minutes of the Match held on 14 December 2014, in Madrid] (es). Royal Spanish Football Federation. 2019-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.
  2. 2,0 2,1 „Arda Turan – Player Details“. Turkish Football Federation. 2021-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-sentyabr.
  3. „Arda Turan“. Atlético Madrid. 2023-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-yanvar.
  4. „Who on earth is Arda Turanhhghghg?“. FootballingWorld.com. 2010-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 31-mart.
  5. „The 100 best footballers in the world 2014 – interactive“ (2014-yil 23-dekabr). 2020-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-dekabr.
  6. „Vote for UEFA.com users' Team of the Year 2014“. UEFA (2014-yil 25-noyabr). 2020-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-dekabr.
  7. Association, Press. „Premier League players miss out in Uefa's team of the year shortlist“ (en-GB). The Guardian (2014-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 4-iyun.
Sportdagi pozitsiyalar
Oʻtmishdoshi:
Ümit Karan
Galatasaray sardori
2009—2011
Vorisi:
Sabri Sarıoğlu