TECH NEWS: Arc%E2%80%99teryx | Tech Insider
|
| |
| Turi | Shoʻba |
|---|---|
| Egasi | Amer Sports va Anta[1] |
| Qachon asos solingan | 1989-yil |
| Joylashuvi | Shimoliy Vancouver, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada |
| Asoschi(lari) | Dave Lane, Jeremy Guard |
| Mahsulot(lar)i | sport kiyimlari, toqqa chiqish uchun jihozlar |
| Operatsion foydasi | US$1,444 mlrd (2023)[2] |
| Vebsayti | arcteryx.com |
Arc’teryx – Kanadalik brend, faol dam olish uchun moʻljallangan professional kiyim va jihozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya 1989-yilda tashkil etilgan, bosh ofisi Britaniya Kolumbiyasida joylashgan. Anta Sports tomonidan boshqariladigan Amer Sports xoldingiga kiradi. Kompaniyaning nomi va logotipi arxeopteriksga ishora qiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kompaniyaning asoschisi Dave Lane uni dastlab Rock Solid deb atagan. Kompaniyaning ilk mahsuloti toqqa chiqish uchun moʻljallangan jihozlar boʻlgan. 1991-yilda oʻsha paytdagi direktor Jeremy Guard kompaniya nomini Arc’teryx deb oʻzgartirgan. Bu nom uchuvchi dinozavr – arxeopteriks obraziga ishora qilib, kompaniyaning faol dam olish mahsulotlari sanoatida „inqilobiy ‘evolyutsionʼ innovatsiyalar“ yaratish haqidagi qarashlarini aks ettirgan[3][4].
1993-yilda kompaniyada atigi 12 kishi ishlagan paytda Vapor nomli termoformali sugʻurta tizimi ishlab chiqilib, bozorga chiqarilgan va kompaniyaning eng mashhur mahsulotiga aylangan. 1994-yilda Arc’teryx termoformali Bora ryukzagini taqdim etgan. 1996-yilda W. L. Gore & Associates kompaniyasidan litsenziya olgach, Gore-Tex membranasidan foydalanilgan kiyimlar liniyasi ishlab chiqilgan. 1997-yilda Arc’teryx Targa nomli yangi xavfsizlik obvyazkasini taqdim etgan[3][4][5]. 2009-yilda kompaniya kundalik kiyim uchun moʻljallangan Veilance nomli subbrendni ishga tushirgan.
1999-yilda Arc’teryx oʻz bosh ofisini Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Bernabi shahriga koʻchirdi, 2005-yilda yaqin atrofdagi North Vankuver shahriga koʻchib oʻtdi[4][6].
2001-yilda Arc’teryx 30 million Kanada dollari evaziga fransuz kompaniyasi Salomon Group tomonidan sotib olingan. Bu kompaniya 1997-yildan beri nemis brendi Adidas bilan hamkorlikda faoliyat yuritgan edi. 2005-yilda esa Arc’teryx, Salomon, Mavic, Bonfire va Cliché Skateboards brendlari 485 million yevroga fin konglomerati Amer Sports’ga sotilgan. 2019-yildan boshlab Amer Sports koʻp milliard dollarlik bitim natijasida xitoylik Anta Sports xoldingi nazoratiga oʻtgan. 2020-yil oktabr oyida Amer Sports’ga xitoylik James Zheng rahbar etib tayinlangan va shundan keyin Arc’teryx’ning Xitoy bozoriga faol yoʻnalishi kutilgan[7]. 2021-yil fevral oyida brendning yangi bosh direktori (CEO) etib Stuart Haselden tayinlangan[8].
Arc’teryx 2010-yillarning oxirida mashhurlashgan „gorpcore“ uslubi – texnologik jihatdan ilgʻor va bir vaqtning oʻzida zamonaviy koʻrinishga ega autdor-kiyim yoʻnalishining ommalashuvidan foyda koʻrgan brendlardan biri boʻldi. Mashhurlik toʻlqinida Arc’teryx Jil Sander moda uyi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi[9][10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Annual Report 2023“ (en). Amer Sports, Inc.. Qaraldi: 2025-yil 2-yanvar.
- ↑ 3,0 3,1 „Arc’teryx: An Urban Journey from Outdoor Apparel to Menswear Fashion“ (en). Businessoffashion.com (2011-yil 23-avgust). 2023-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Behind the HYPE: Arc'teryx's Unmatched Innovations in Functionality“ (en). Hypebeast.com (2020-yil 17-iyul). 2023-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
- ↑ „Inside Arc’teryx“ (en). Gripped.com (2015-yil 16-aprel). 2023-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
- ↑ „North Van getting new leases on life“ (en). The Globe and Mail (2007-yil 6-mart). 2023-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
- ↑ Avery Booker. „Is Outdoor Brand Arc’teryx Quietly Pivoting to a “China First” Strategy?“ (en). FashionUnited (2020-yil 1-oktyabr). 2023-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
- ↑ „Amer Sports names new CEO of outdoor brand Arc’teryx“ (en). FashionUnited (2021-yil 2-fevral). 2023-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
- ↑ Ian Servantes. „Beyond the TikTok trend: How Arc’teryx became the It-brand of fashion“ (en). Inverse (2022-yil 18-fevral). 2023-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
- ↑ Karen Dacre. „Gorpcore trend peaks again as extreme outdoor wear hits pub and park“ (en). The Guardian (2021-yil 26-noyabr). 2022-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.