LEAKED: Aq Sunqur al Hojib | Tech Insider

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abu Said Aq Sunqur al-Hojib (toʻliq ismi: Qosim ud-Davla Aksungur al-Hojib) – Halab shahrining Sulton Malikshoh I davridagi saljuqiy hokimi. 1094-yilda Damashq hukmdori Tutush I tomonidan xiyonatda ayblanib, qatl etilgan[1].

Aq Sunqur Zangiylar davlati asoschisi Imoduddin Zangiyning otasi boʻlgan.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aq Sunqur 1084-yilda sulton Malikshoh I Faxr ud-Davla ibn Jahirga Uqayliylar mulkini egallashda yordam berish uchun tayinlangan turkman beylaridan biri edi[2]. Malikshoh 1086-yilda Aq Sunqurni Halab hokimi etib tayinlagan[3].

Shundan soʻng Aq Sunqur 8 yil davomida hukmronlik qilgan. Mintaqa hukmdorlari va shahzodalari oʻrtasidagi koʻplab nizolar tufayli shahardagi ahvol ogʻir boʻlgan. Yuqori soliqlar va tovarlar narxining oshishi jinoyatchilikning koʻpayishiga olib kelgan[4].

Aq Sunqur islohotlarni Halab va uning atrofida xavfsizlik holatini barqarorlashtirishdan boshladi. Islomdagi hudud qoidalarini faol qoʻllab, oʻgʻri va qaroqchilarni jazoladi hamda korrupsiyaga barham berishga intildi. Fuqarolarning huquqlarini himoyalash maqsadida harbiy faoliyatni kuchaytirdi va huquq-tartibot organlarini aholini nazorat qilish vositasi emas, balki ularni himoya qilish mexanizmi vazifasida ishlatdi. Shuningdek, Aq Sunqur har bir qishloq yoki hudud uchun „jamoaviy mas’uliyat“ tamoyilini joriy etdi. Bu tizimga koʻra, agar biror qishloq qaroqchilar hujumiga uchrasa, uni himoya qilish mas’uliyati butun qishloq zimmasiga yuklatilar edi[4].

Shaharda tartib-intizom oʻrnatishga qaratilgan siyosat natijasida Halab savdo va dehqonchilik uchun qulay maskanga aylandi. Iqtisodiyot tiklandi va inflyatsiya pasaydi[manba kerak]. Aq Sunqur aholiga safar chogʻida tovarlarini yoʻldan olib qoʻyib, yashirib yurmaslikni buyurib, ularning mol-mulki oʻgʻirlanmasligiga shaxsan kafolat berishini taʼkidlagan[4].

Tutush bilan ziddiyat va oʻlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1089-yilda Malikshoh Aq Sunqurni Bozan va Yağısıyan bilan birga akasi Tutushga yordam berish uchun yubordi. Ularning vazifasi Badr al-Jamaliy boshchiligida Fotimiylar qayta egallagan shaharlarni qoʻlga kiritish edi[5]. Biroq Aq Sunqur pora olganidan soʻng Tripolini qamal qilishni davom ettirishdan bosh tortib, shahar allaqachon boʻysunganini daʼvo qilgani sababli bu ittifoq parchalandi[5].

Malikshohning vafotidan soʻng Tutush oʻzini sulton deb eʼlon qilishga urindi. Aq Sunqur dastlab uning daʼvosini qoʻllab-quvvatladi. Biroq keyinchalik Bozan bilan birga oʻz tomonini oʻzgartirdi. Bu esa Tutushni chekinishga majbur qildi[6]. Bunga javoban Tutush Yağısıyan bilan birga mart/aprel oyida Aq Sunqurga qarshi yurish boshladi. 1094-yil 27-mayda Aq Sunqurning ayrim turkman jangchilari tomonini oʻzgartirgach, jangda magʻlub boʻlib asir olindi. Shundan soʻng, Tutush Aq Sunqurni yana 14 kishi bilan birga qatl ettirdi[7]. U vafot etganida oʻgʻli Zangiy 10 yoshda edi.

Ibn al-Qalanisiy oʻzining „Damashq tarixi“ asarida Aq Sunqur haqida shunday yozadi: u xalq bilan adolatli munosabatda boʻlgan, yoʻllar xavfsizligini taʼminlagan, tartib-intizomni kafolatlagan, din masalalariga eʼtibor bilan yondashgan, korrupsiyaga qarshi kurashgan va yomon niyatli kishilarni lavozimlardan chetlashtirgan[8].

Ibn Kasir va Ali ibn al-Asir ham Aq Sunqur haqida yozib, uning yaxshi obroʻ-eʼtiborga ega boʻlganini qayd etgan[9].

  1. Maalouf 1985, s. 271.
  2. Basan 2010, s. 90.
  3. Basan 2010, s. 91.
  4. 4,0 4,1 4,2 Shaker, Mustafa. دخول الترك الغز إلى الشام Entering of Turks to Sham — 307، 314، 315-bet. 
  5. 5,0 5,1 Basan 2010, s. 92.
  6. Basan 2010, ss. 98–99.
  7. Basan 2010, s. 99.
  8. Gibb, N. A. R.. The Damascus Chronicle of the Crusades. Extracted and translated from the Chronicle of ibn al-Qalānisi. Dover Publications, 2002 — 21, 23-bet. 
  9. Richards, D. S.. The Annals of the Saljuq Turks: Selections from al-Kamil fi'l-Tarikh ibn al-Athir, Routledge Studies in the History of Iran and Turkey. Routledge, 2002 — 265-bet. 
  • Basan, Osman Aziz. The Great Seljuqs: A History. Routledge, 2010. ISBN 1136953930. 
  • Maalouf, Amin. The Crusades Through Arab Eyes. Schocken, 1985. 
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Al-Sharif bin Al-Habiby
Halab sultoni
1086—1094
Vorisi:
Tutush I