TECH NEWS: Apollon Systsov | Tech Insider

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Apollon Sergeyevich Systsov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1929-yil 25-sentabr
Melekes, Ulyanovsk okrugi, Oʻrta Volga viloyati, Rossiya SFSR, SSSR
Vafoti 2005-yil 8-may (75 yosh)
Moskva, Rossiya
Dafn qilingan joyi Troekurovskoye qabristoni
Troekurovskoye qabristoni
Siyosiy partiyasi KPSS
Taʼlim TDTU
Imzosi
Mukofotlari Technology news and reviews image Technology news and reviews image Technology news and reviews image Technology news and reviews image Technology news and reviews image

Apollon Sergeyevich Systsov (1929-yil 25-sentabr, Melekes, Oʻrta Volga viloyati — 2005-yil 8-may, Moskva) — Sovet davlat arbobi, SSSR Davlat mukofoti laureati (1973), SSSR Aviatsiya sanoati vaziri (1985-1991).

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1962-yilda Toshkent politexnika institutining kechki boʻlimini samolyotsozlik muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1948-yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodida: motorist,

1955-yildan — texnologik-muhandis, usta, katta usta, uchastka boshligʻi, tsex boshligʻining oʻrinbosari;

1963-yildan — tsex mudiri;

1969-yildan — bosh muhandis lavozimlarida ishlagan.

1975-yildan — Ulyanovsk aviatsiya-sanoat kompleksining birinchi bosh direktori. Ulyanovsk aviatsiya sanoat kompleksi, SSSR aviatsiya sanoati vazirligi kollegiyasining aʼzosi boʻlgan.

1981-yildan — SSSR aviatsiya sanoati vazirining birinchi oʻrinbosari.

1985-yil noyabrdan — SSSR aviatsiya sanoati vaziri.

1961 yildan KPSS aʼzosi. 1986—1990 yillarda KPSS Markaziy Komiteti aʼzosi. SSSR Oliy Kengashining 11-chaqiriq deputati.

1961-yildan KPSS aʼzosi. 1986—1990-yillarda KPSS Markaziy Komiteti aʼzosi. SSSR Oliy Kengashining 11-chaqiriq deputati boʻlgan.

Mukofotlari va unvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lenin ordeni, Oktabr inqilobi, ikkita Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan. SSSR Davlat mukofoti laureati (1973).

  • 2005-yil 29-sentabrda „Aviastar-SP“ zavodi hududida uning birinchi bosh direktori Apollon Sergeyevich Systsovga yodgorlik ochilgan.
  • Korxona Ulyanovsk universitetlarining eng iqtidorli talabalari uchun uning nomidagi oʻnta stipendiya taʼsis etgan, ular oʻqishdan soʻng „Aviastar“ga ishga kelishlari belgilangan[1].
  1. „Памятник первому генеральному“ (ru-RU). Улпресса - все новости Ульяновска (2005-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 16-noyabr.