ANNOUNCED: Anvar Abduqodirov - Everything We Know

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Anvar va familiyasi Abduqodirov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Anvar Abduqodirov
Technology news and reviews image
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anvar Abduqodirov
Tavallud sanasi 21-noyabr 1983-yil (1983-11-21) (42 yosh)
Tavallud joyi Jalaquduq tumani, Andijon Oʻzbekiston SSR
Ampluasi Yarim himoyachi, / Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2003 Andijon 21+ (3+)
2004—2006 Neftchi 43 (6)
2007 Mashʼal 17 (0)
2008 Qizilqum 14 (2)
2009 Shoʻrtan 9 (0)
2010—2011 Xorazm 10 (0)
2012—2013 Guliston ? (?)
2013—2014 Kosonsoy ? (?)
2014—2015 NBU-Osiyo ? (?)
2015—2016 Norin ? (?)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Anvar Abduqodirov (ruscha: Абдукадыров Анвар; 1983-yil 21-noyabr, Andijon) — Oʻzbekiston nafaqadagi futbolchi, Faoliyatining asosiy qismini „Andijon“ va „Neftchi“ jamoalari tarkibida oʻtkazgan. Futbol murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anvar Andijon futbol makatabi tarbiyalanuvchisi. Faoliyatini 1999-yilda Andijon jamoasida boshlagan[1]. Andijon jamoasi 5 mavsum davomida oʻynagan. 2004-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Neftchi jamoasi tarkibida raqobat sababli asosiy jamoadan oʻrin ololmagan[2]. „Neftchi“ klubi tarkibida Oʻzbekiston Oliy ligasi oʻyinlarida 43 ta oʻyinda 6 ta gol muallifi boʻlgan[3].

2007-yilgi mavsumda Muborakning „Mashʼal“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Muborak jamoasida bir mavsum oʻynaganidan soʻng klubni tark etdi va keyingi faoliyatidagi jamoalarda ham bir mavsumdan ortiq faoliyati olib bormagan. 2008-yilgi mavsumda Navoiyning „Qizilqum“, 2009-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“, 2010-yilda „Xorazm“ jamoalarida oʻynagan.

2010-yildan soʻng quyi liga jamoalari, NBU Osiyo[4], Kosonsoy[5], Shahrixon, Guliston,[6] Oʻz Tong Ho[7] klublarida faoliyat olib borgan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilda „Andijon“ klubida yordamchi murabbiy sifatida murabbiylik faoliyatini boshlagan[1][8].