ANNOUNCED: Ansambl (musiqa) - Everything We Know

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Technology news and reviews image
"Hortus Musicus" ansambli

Ansambl (fransuzcha: „ensemble“ – birga) – maʼlum vokal yoko cholgʻu musiqa asarlarining bir necha ijrochilar tomonidan birga ijro etilishi; bir guruh artistlarni bir butun badiiy jamoa holda chiqishi; unchalik katta boʻlmagan sozanda va ashulachilarning kichikroq toʻdasiga moʻljallangan musiqa asari[1][2][3].

Opera, oratoriya va kantatalarda ham ansambl boʻladi. Ijrochilar soniga qarab ansambllar duet (2 kishi), trio yoki terset (3 kishi), kvartet (4 kishi), kvintet (5 kishi), sekstet (6 kishi), septet (7 kishi), oktet (8 kishi), nonet (9 kishi) va hokazolarga boʻlinadi[4].

Ushbu atama yaxshi tashkil qilingan va yuksak darajada ijro etadigan badiiy jamoalarga nisbatan ham qoʻllanadi. Masalan, M. Turgʻunboyeva nomidagi „Bahor“ Oʻzbek Davlat raqs ansambli va boshqalar[2][3].

  1. Technology news and reviews image „Ansambl (musiqa)“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
  2. 2,0 2,1 I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  3. 3,0 3,1 I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 
  4. Technology news and reviews image „Ansambl (musiqa)“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.