CONFIRMED: Alyasa | Latest Update
Alyasa (arabcha: اليسع) – Qurʼonda zikri kelgan 25 paygʻambardan biri. „Bani Isroil“ qabilasidan chiqqan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rivoyat qilinishicha, Alyasa Ilyosga amakivachcha boʻlib, unga iymon keltirgan, qayerga borsa birga borgan. Ular birga „Bani Isroil“ qavmini butlarga siginmaslikka daʼvat qilishgan, butlar botil ekanligiga ishontirmoqchi boʻlishgan. Alyasa Ilyosdan soʻng uning ishini davom ettirgan. Qurʼonda Alyasaning hayoti va faoliyati haqida batafsil oyat boʻlmasada, uning paygʻambar etib yuborilganligi taʼkidlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Alyasa“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Islom shaxsiyati haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |