EXCLUSIVE: Alirizo Nurbaxsh | Latest Update

Vikipediya, erkin ensiklopediya
  • Alirizo Nurbaxsh
  • (Rezo Ali Shoh)
Technology news and reviews image
Tavalludi 12-avgust 1955-yil
Kasbi
Veb-sayti nimatullahi.org

Alirizo Nurbaxsh (forscha: علیرضا نوربخش‎; 12-avgust 1955-yilda tugʻilgan) – hozirgi kunda Nimatullohiylar soʻfiy tariqatining murshidi (pir). U bu lavozimni otasi Javod Nurbaxsh 2008-yil 10-oktabrda vafot etganidan soʻng egallagan[1] [2] [3].

Uning rahbarligi ostida Nimatullohiylar soʻfiylik tariqati Soʻfiylar xizmat qoʻmitasi orqali har bir markazda dasturlar tashkil etish yoʻli bilan xayriya tashabbuslarini kengaytirib[4], mahalliy hamjamiyatlarning ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Nurbaxsh Erondagi Kerman viloyati poytaxti Bom yaqinidagi kichik shaharchada tugʻilgan. Uning oilasi u ikki yoshida boʻlganida Tehronga koʻchib oʻtgan. U Eronni 1977-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlariga tark etguniga qadar Tehrondagi Nimatullohiylar xonqohida (soʻfiylik markazi) yashagan[3].

1973-yilda Alborz oʻrta maktabini tugatganidan soʻng, Nurbaxsh Tehrondagi Melli universitetida oʻqib, falsafa boʻyicha bakalavr darajasini oldi. U oʻzining oliy bosqichdagi taʼlimini Viskonsin universiteti (Madison)da davom ettirdi va 1988-yilda falsafa boʻyicha PhD darajasini oldi. Londonga koʻchib borganidan keyin u yana oʻqishga qaytib, huquq boʻyicha ilmiy daraja oldi[1][5].

Tanlangan maqola va maʼruzalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Soʻfiylik, muhabbat va xotirjamlik[6]
  • Hech narsaga egalik tajribasi[7]
  • Ilohiy muhabbat[8]
  • Soʻfiylik va malomat yoʻli[9]

Alirizo Nurbaxshning Vayronalarda ishq (forscha: عشق در ویرانه‌ها‎) nomli sheʼriy toʻplami (devon) 2025-yilda fors tilida nashr etilgan[10]. Ingliz tiliga tarjima qilingan tanlangan sheʼrlari quyida keltirilgan:

  • Love in the Ruins (Vayronalarda ishq, forscha: عشق در ویرانه‌ها‎)[11] – 2023-yil may oyida yozilgan – Banberi, Buyuk Britaniya
  • The Cupbearer (Soqiy, forscha: ساقی‎)[12]. – 2017-yil iyun oyida yozilgan – Banberi, Buyuk Britaniya
  • Idol Breaker (Isyonkor ruh, forscha: بت شکن‎)[13]. – 2016-yil dekabr oyida yozilgan – Santa-Fe, Nyu-Meksiko, AQSh
  • Love for the Friend (Doʻstga muhabbat, forscha: محبت دوست‎) [14]. – 2016-yil iyun oyida yozilgan – London, Buyuk Britaniya
  1. 1,0 1,1 „Alireza Nurbakhsh“. Jung Platform - Psychological And Spiritual Perspectives.
  2. „Sufi Poet Dr. Javad Nurbakhsh: 12/10/1926 - 10/10/2008“. Payvand. 2018-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-yanvar.
  3. 3,0 3,1 „Dr. Alireza Nurbaksh“. Nimatullahi Sufi Order.
  4. „Sufi Service Committee | About Us“ (en-US). Sufi Service Committee (2017-yil 5-aprel). Qaraldi: 2026-yil 22-yanvar.
  5. „Alireza Nurbakhsh“. The Law Society.[sayt ishlamaydi]
  6. „Sufism, Love and Mindfulness“. Jung Platform - Psychological And Spiritual Perspectives.
  7. „The Experience of Nothingness“. Confrérie Soufie Nématollahi.
  8. „Devine Love“. Confrérie Soufie Nématollahi.
  9. „Sufism and the Way of Blame“. Jung Platform - Psychological And Spiritual Perspectives (2022-yil 19-noyabr).
  10. „Khaniqahi Nimatullahi Publications (in Persian)“. انتشارات سلسله نعمت‌اللهی.
  11. Nurbakhsh, Alireza „Love in the Ruins“. Nimatullahi Sufi Order (2026-yil 21-yanvar).
  12. Nurbakhsh, Alireza „The Cupbearer“. Nimatullahi Sufi Order (2018-yil 19-dekabr).
  13. Nurbakhsh, Alireza „Idol Breaker“. Nimatullahi Sufi Order (2018-yil 19-dekabr).
  14. Nurbakhsh, Alireza „Love for the Friend“. Nimatullahi Sufi Order (2018-yil 19-dekabr).