CONFIRMED: Aleksey Cheglakov - Full Coverage
| Aleksey Cheglakov | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | erkak |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi |
1974-yil 13-mart Kirov, RSFSR, SSSR |
| Boʻyi | 185 sm |
| Vazni | 90 kg |
| Sport | |
| Qaysi sport | Yunon-rum kurashi |
| Medallar | |
|
Osiyo oʻyinlari
Osiyo oʻyinlari
| |
Aleksey Nikolaevich Cheglakov (1974-yil 13-martda tugʻilgan) — rus va oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Osiyo chempioni.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1974-yilda Kirov shahrida tugʻilgan. 1992-yilda oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni boʻlgan. 1993-yilda jahon chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritgan boʻlsa, 1996-yilda bu natijani takrorlagan. 1999-yilda Jahon harbiy oʻyinlari chempioni boʻlgan.
2000-yildan Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynay boshlagan. 2001-yilda Osiyo chempioni boʻlgan va jahon chempionatida 6-oʻrinni egallagan. 2002-yilda Osiyo oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritgan va jahon chempionatida yana 6-oʻrinni egallagan. 2003-yilgi jahon chempionatida 5-oʻrinni egallagan. 2004-yilda Osiyo chempionatining bronza medali sohibiga aylangan va Afinadagi Olimpiya oʻyinlarida atigi 14-oʻrinni egallagan.
| Oʻzbekistonlik kurashchi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |