LEAKED: Aleksandr Hamidov | Tech Insider
| Aleksandr Hamidov | |
|---|---|
| Александр Хамидов / Aleksandr Khamidov | |
| Tavalludi |
15-avgust 1987-yil |
| Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
| Kasbi | Boks hakami (referi) |
| Faoliyat yillari | 2014—hozirga qadar |
Aleksandr Hamidov (1987-yil 15-avgustda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik xalqaro toifadagi boks hakami . U Oʻzbekiston boks federatsiyasi hakamlar qoʻmitasi raisi hisoblanadi. Faoliyati davomida Osiyo va jahon chempionatlari, Hamdoʻstlik oʻyinlari, Olimpiya oʻyinlari saralash bosqichlari hamda yirik xalqaro turnirlarda hakamlik qilgan. Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA)ning 3 yulduzlik hakami hisoblanadi[1][2][3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr Hamidov 2014-yildan boshlab xalqaro musobaqalarda ring hakami sifatida ishlaydi. Quyida u hakamlik qilgan ayrim yirik musobaqalar keltiriladi (yillar boʻyicha):
- 2016-yil — Bolgariya: xalqaro turnir Strandja; Latviya: xalqaro turnir Riga Open; Litva: xalqaro turnir Dana’s Poznikas.
- 2017-yil — Toshkent (Oʻzbekiston): Osiyo chempionati; Tailand: Osiyo chempionati; Filippin: Osiyo chempionati; Germaniya, Gamburg: Jahon chempionati; Xitoy: China Open xalqaro turniri; WSB musobaqalarida hakamlik qilgan[4].
- 2018-yil — Hindiston: ayollar jahon chempionati; Avstraliya: Hamdoʻstlik oʻyinlari; Rossiya (Qozon, Sankt-Peterburg), Qozogʻiston, Kuba: World Series of Boxing bosqichlari; Tailand: Osiyo chempionati.
- 2019-yil — Tailand: Osiyo chempionati; Kuvayt: Osiyo chempionati; BAA, Fujayra: Osiyo chempionati; Rossiya, Yekaterinburg: Jahon chempionati.
- 2020-yil — Senegal: Olimpiya saralash musobaqasi; Buyuk Britaniya, London: Olimpiya saralash musobaqasi.
- 2021-yil — BAA, Dubay: Osiyo chempionati; Polsha: yoshlar oʻrtasida jahon chempionati; Fransiya: Olimpiya saralash musobaqasi; Chernogoriya: Adriatic Pearl xalqaro turniri; Serbiya, Belgrad: Jahon chempionati.
- 2022-yil — Iordaniya, Amman: Osiyo chempionati; Ozarbayjon, Boku: Ozarbayjon chempionati; Qirgʻiziston, Bishkek: Qirgʻiziston kubogi; Kuvayt: xalqaro turnir; Rossiya, Vladivostok: Children of Asia Games; Toshkent: Osiyo chempionati.
- 2023-yil — Serbiya: Yevropa chempionati; Kamerun, Yaounde: Afrika chempionati.
- 2024-yil — Serbiya, Belgrad: Yevropa erkaklar va ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan EUBC Kattalar chempionati; Ozarbayjon, Boku: Great Silk Way xalqaro turniri; Oʻzbekiston, Toshkent: Professional Boks Oqshomi (IBA); Tojikiston, Dushanbe, Xalqaro boks kechasi; Tailand, Bangkok: Thailand Open xalqaro turniri.
- 2025-yil — Tailand, Bangkok: Thailand Open xalqaro turniri [5]
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr Hamidov 2017-2018-yillarda Osiyoda yilning eng yaxshi boks hakami unvonini qolga kiritgan[6][7]
- 2018-yilda Tailanddagi Osiyo chempionatida “Eng yaxshi hakam” sifatida eʼtirof etilgan[8].
- 2021-yilda Dubaydagi Osiyo chempionatida “Eng yaxshi hakam” unvoniga sazovor boʻlgan[9].
- 2022-yilda Toshkentdagi Osiyo chempionatida ham “Eng yaxshi hakam” deb topilgan[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Osiyo boksida eng yaxshilardan biri - hakam Aleksandr Hamidov“. olamsport.com.
- ↑ „Isroil Madrimov Osiyoning eng yaxshi bokschisi bo‘ldi“. gazeta.uz.
- ↑ „Buxoroda bokschi qizlar saralandi“. uza.uz.
- ↑ „Узбекский бокс: лучший в Азии“. anhor.uz.
- ↑ „Aleksandr Khamidov – BoxRec profile“. BoxRec. Qaraldi: 2025-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Uzbekistan's Aleksandr Hamidov gains the Best Asian Referee & Judge in 2018 award“. Sports.uz.
- ↑ „Азиатская конфедерация бокса объявила лучших: Узбекистан победил в четырех направлениях“. kun.uz.
- ↑ „Mr. Aleksandr Hamidov – It is very grateful for me to be among the best Asian R&Js“. ASBC.
- ↑ „The best boxer, the best judge or our beneficiary of the Asian Championship“. olympic.uz.
- ↑ „Чемпионат Азии U-22. Награждение лучших + ФОТО“. olamsport.com.
Tashqi havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Aleksandr Hamidov — BoxRec veb-saytidagi hakamlik statistikasi.