VIRAL: Albanlar | Tech Insider

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Albanlar (oʻzlarini "shkiptar" yoki "shqiptarët" deb ataydilar) – Albaniya Respublikasining asosiy xalqi. Umumiy soni 6,1 mln. (1992-yil). Albaniyada 3,250 mln kishi, Yugoslaviyada (1,985 mln. kishi), Makedoniyada (500 ming kishi), Italiyada, Gresiyada, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarda istiqomat qilishadi. Tili hind-yevropa tillari oilasiga kiradi. Albanlar kad davrlarda Bolqon yarim orolning gʻarbiy qismida yashagan illiriy, qisman frakiylar avlodidir. „Albanlar“ etnonimi dastlab mil. II asrga oid manbalarda tilga olinib, XI asrdan hozirgi Al-baniyaning butun aholisiga nisbatan qoʻllangan. A. Albanlar yevropeoid irqiga mansub. Albanlarning koʻpchilik qismi islom dinini qabul qilgan, bir qismi pravoslav va katolik. Dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadilar. Sanoatda ham ishlaydilar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil